Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #ochiq_muloqot #Yangihayot #huquqiy_savodxonlik
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani filiali bosh mutaxassisi A.Mahkamov ishtirokida tumanning “Yangi gulzor” MFY binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilganlarga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.
🔹Rasmiyatchilikdan holi, savol-javob tarzida o‘tgan ochiq muloqot davomida fuqarolar yangi Qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, ularning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.
✅ Bu kabi ochiq muloqotlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube