Yangibozor.uz | Rasmiy|
3.21K subscribers
14.6K photos
1.37K videos
13 files
2.97K links
Янгибозор туман ҳокимлигининг расмий саҳифаси

Facebook: https://www.fb.com/YangibozorAxborotXizmati
Instagram: https://www.instagram.com/yangibozor_axborot_xizmati

Мурожаат учун: @TumanHokimligiMurojaatbot
Download Telegram
🔥🚫Таъмирлаш ишлари туфайли 20-сентябр соат 09:00дан 18:00гача Янгибозор туманининг айрим ҳудудларига табиий газ етказиб бериш вақтинча тўхтатилади.

Барҳаёт, Шоирлар ва Ҳ.Олимжон маҳаллалари
Аҳоли хонадонлари сони – 1395та
Улгуржи истеъмолчилари сони – 27та



«Ҳудудгаз Хоразм» ГТФ матбуот хизмати
#меҳр_саховат_куни

"Меҳр-саховат куни" муносабати билан эҳтиёжманд оилалар вакиллари, якка ёлғизлар, беморлар, жисмоний имконияти чекланган фуқаролар ҳолидан хабар олиш, уларни қўллаб-қувватлаш мақсадида туман ҳокимлиги ва Инсон ижтимоий хизматлар маркази томонидан турли хайрия тадбирлари ўтказилмоқда.

Хусусан, Юқорибошқир маҳалласида яшовчи Шавкат Ўрозбоевга ногиронлик аравачаси топширилди. Ш.Ўрозбоевнинг жисмоний имконияти чекланган, ижтимоий ҳолати оғир. Туман ҳокими Ш.Ўрозбоевнинг хонадонида бўлиб, оиласидан мунтазам хабар олиб туриш, ўзини тиббий кўрикдан ўтказиш ва даволанишида амалий ёрдам бериш юзасидан топшириқлар берди.
 
Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати

@yangibozor_hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: “Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”

Davlat rahbariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligi – mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan eng muhim shartga aylanmoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy oʻziga xoslikni anglash tuygʻusi birlashtirmoqda va bu tuygʻu tobora kuchayib bormoqda. Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas!”, — dedi prezident.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini oʻtkazishni taklif etamiz” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbarining qayd etishicha, mamlakatda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetgan.

Biz ‘Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar’ tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz. Birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili Oʻzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini oʻtkazishni taklif etamiz”, — dedi prezident.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида нутқ сўзлади

“Хотин-қизларнинг жамият ва давлат бошқарувида фаол иштирок этиши бугунги куннинг долзарб масаласидир. Миллий сиёсатимиз марказида турадиган энг эзгу мақсад – оилалар мустаҳкамлигини, аёлларимизнинг ҳуқуқий ҳимояси ва осойишта ҳаётини таъминлашдан иборат.
Гендер тенгликка эришиш борасида ҳам тизимли ишларни олиб бормоқдамиз.”,— деди давлат раҳбари ўз нутқи аввалида.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod boʻldi” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari o‘z nutqida oʻzbek paxtasiga boykotlar eʼlon qilingani, mamlakat esa yillar davomida “qora roʻyxat”larga kiritilganini esladi.

Yangi Konstitutsiyamizda majburiy mehnat taqiqlanishi kafolatlab qoʻyildi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni butun dunyo miqyosida kuchaytirish zarur, deb hisoblayman. Bizning tajribamiz shuni koʻrsatmoqdaki, bunga chek qoʻyish imkoni bor”, — dedi prezident.

@daryo_live
Кўчабоши аёллар ва "Оқила аёллар" ҳаракати аъзолари томонидан " Жонажон юртим ободлигига ўз ҳиссамни қўшаман" шиори остида бириктирилган кўчаларда  уйма-уй юриш тизими асосида, барча оилаларда хонадон маданиятини юксалтириш, хонадонларни обод ҳамда кўркам қилиш, қурилиш меъёрлари ва санитария- гигиена қоидаларига риоя этиш бўйича тушунтириш ишлари ташкиллаштирилди.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬

👉 Батафсил👈

Yangibazar.uz расмий саҳифалари👇

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Twitter
Янгибозор тумани Қоратепа маҳалласида истиқомат
қилувчи аҳоли қатлами ўртасида тиббий кўрик ташкил қилинди.

Мазкур тиббий кўрик жараёнига тиббиёт бирлашмага қарашли кўп тармоқли марказий поликлиникаси тор соҳа мутахасссилари, вилоят
муассасалари мутахассислари ҳам жалб қилинди. Ўтказилган тиббий кўрик жараёнида Қоратепа маҳалласи аҳолисидан
365 нафари тиббий кўрикдан ўтказилди.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬

👉 Батафсил👈

Yangibazar.uz расмий саҳифалари👇

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLA BESHLIGI AHOLI BILAN ISHLASHNING YANGICHA TIZIMI
20.09.2023

Yangibozor tumani

📲@XorazmTELEKANAL✔️

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
⚡️"Lazgi" ashula va raqs ansambli mezbon bo'lmish Xorazm viloyatida!

"Lazgi" ashula va raqs ansamblining dastlabki konsert dasturi
Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yil 21-sentabr kuni, Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida joylashgan Madaniyat va istirohat bog'i hududidagi amfiteatrida O'zbekiston davlat filarmoniyasi "Lazgi" ashula va raqs ansamblining, Xorazm viloyatidagi dastlabki konsert dasturi bo'lib o'tadi.

📍 Yangibozor tumani
Mo'ljal: Madaniyat va istirohat bog'i hududidagi amfiteatr
🗓 19:00 da
🎫 Kirish bepul!

🎼 Sizlarni o'z oila a'zolaringiz bilan konsert dasturimizga taklif etamiz!

Konsertda jonli ijro va fonagrammadan foydalaniladi!

| O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Matbuot xizmati |

@filarmoniyauz
🔥🚫 Ta'mirlash ishlari tufayli 21-sentyabr soat 09:00dan 18:00gacha Yangibozor tumani va Xiva shahrining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.

Yangibozor tumani: Yuqoriboshqir, Navbahor, Yangi-yop, Ochaqal’a mahallalari
Aholi xonadonlari soni – 1153 ta
Ulgurji iste’molchilari soni – 40 ta

Xiva shahri:
Guliston va Binokor mahallalari
Aholi xonadonlari soni – 525 ta
Ulgurji iste’molchilari soni – 6 ta

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati
Yangibozor tumanining importi

📊 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Yangibozor tumaniga xorijiy davlatlardan 3,6 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilingan.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
Yangibozor tumanida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi

📊 2023- yilning 1- sentabr holatiga Yangibozor tumanida 276 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
Шоирлар маҳалласида сектор раҳбарлари томонидан "Хуқуқбузарликлар профилактикаси" куни муносабати билан туман прокуратураси, ИИБ, ФВБ, Миллий гвардия ходимлари, Тиббиёт бирлашмаси шифокорлари ва бошқа масъуллар иштирокида эрталабги йўриқнома ўтказилиб, жиноятчилик ва хуқуқбузарликларни олдини олиш бўйича зарур топшириқ ва кўрсатмалар берилди.

Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати

@yangibozor_hokimligi