Yangibozor.uz | Rasmiy|
5.23K subscribers
15.2K photos
1.4K videos
13 files
3.02K links
Янгибозор туман ҳокимлигининг расмий саҳифаси

Facebook: https://www.fb.com/YangibozorAxborotXizmati
Instagram: https://www.instagram.com/yangibozor_axborot_xizmati

Мурожаат учун: @TumanHokimligiMurojaatbot
Download Telegram
YANGIBOZOR TUMANIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yong‘in-qutqaruv qism boshliqlari ishrirokida ko‘rgazmali o‘quv-seminari o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati FVB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i X.Raxmetov tomonidan yong‘in – qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ma’lumotlar berib, shaxsiy tarkibning kasb mahoratini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni, yong‘inlarni bartaraf etishda ruhiy ko‘nikmalarni va jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, shuningdek moddiy texnika bazasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tildi. Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi qanchaga oshgan?

📊 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida
Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 32,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda o‘sish sur’ati 80,8 % ni tashkil qilgan.
TSA tarkibida eksport hajmi 29,9 mln dollarni (o‘sish sur’ati 108,3 %), import 2,3 mln dollarni (18,9 %) tashkil etgan.
Tuman eksportida eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 91,4 % ni tashkil etgan, import tarkibida kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar ulushi 48,3 % ni tashkil qilgan.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
🔍“OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI”

Ayni damda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Yangibozor tumani mahallalarida obodonlashtirish, ariq-zovurlarni chiqindilardan tozalash,  yo‘l yoqalarida qurigan daraxtlar o‘rniga manzarali daraxtlar ekish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, tadbirkorlik subyektlaridan,  aholi tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni tozalash,  qabristonlarda hashar, hudud ozodaligiga eʼtibor berish hamda aholi xonadonlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

@yangibozor_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLALARDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH CHORA - TADBIRLARI

Yangibozor tumani

04.02.2025

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/+Sc_gfY0E_0jvYofu


Bizning barcha internet manzillarimiz.
https://lnk.bio/Xorazmtelekanal
Yangibozor tumanining qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari

📊 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida
Yangibozor tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 2 412,7 286,4 mlrd so‘m tashkil etib, 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 5,5 % ga o‘sgan.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 50,3 %i dehqonchilik, 49,7 %i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:

dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 61,8 %
fermer xo‘jaliklari – 34,6 %
qishloq xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar – 3,6 %.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
Xorazm viloyati IIB va Milliy gvardiya masʼul xodimlari tomonidan Yangibozor tumanining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Do‘stlik” mahallasi yettiligi va profilaktika inspektoriga biriktirilgan maslahatchi-murabbiy ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 yanvar kunidagi «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida seminar-trening o‘tkazildi.


Веб-сайт
  /  You Tube / Facebook   / Instagram  /  Telegram / Matbuot kotibi
Yangibozor tumanining sanoat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

📊 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida
Yangibozor tumanida faoliyat yuritayotgan 114 ta sanoat korxonasi tomonidan 821,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Tuman sanoatida yuqori ulushga ega ishlab chiqarish faoliyat turlari:
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 579,4 mlrd so‘m
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 196,0 mlrd so‘m
kiyim ishlab chiqarish – 11,8 mlrd so‘m
boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish – 7,3 mlrd so‘m.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
#Turon_yoʻlbarslari
#Xorazm_viloyati

🤩 Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:

🥇Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Vatanparvar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Urganch lochinlari” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Xiva shahridagi Prezident maktabining “Sulton Jaloliddin” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
E ‘ L O N !

Yangibozor tumani qishloq xo‘jaligi subyektlari diqqatiga!

2025-yil hosilidan urug‘lik paxta xomashyosi hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urug‘liklarini yetishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlovlarni shaffoflik va adolatli o‘tkazilish maqsadida “E-urug‘” (e-seeds.uz) axborot tizimida tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha ishga tushirilishi kutilmoqda.
Ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq 2025-yil 1-fevraldan boshlab kutilayotgan “E-urug‘” (e-seeds.uz) tizimi orqali hujjatlar qabul qilinishi belgilangan, paxta va boshqa ekinlar urug‘liklarini yetishtiruvchi subyektlarni tanlab olish maqsadida tanlov o‘tkaziladi.
Tender tanlovda barcha ishtirokchilar qatnashishi uchun “E-urug‘” axborot tizimi (e-seeds.uz) orqali ariza topshiradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

+99862 41-94-037, +99897-603-08-26 va +99895-678-91-94 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.