Yangibozor.uz | Rasmiy|
3.2K subscribers
15K photos
1.39K videos
13 files
3.01K links
Янгибозор туман ҳокимлигининг расмий саҳифаси

Facebook: https://www.fb.com/YangibozorAxborotXizmati
Instagram: https://www.instagram.com/yangibozor_axborot_xizmati

Мурожаат учун: @TumanHokimligiMurojaatbot
Download Telegram
#Vatanga_sodiq_yoshlar

"Vatanga sodiq yoshlar" forumining 2-kuni

Yoshlar Mudofaa ishlari tuman bo‘limi xodimlari hamrohligida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.


@yangibozor_hokimligi
#Yangibozor_tumani
#Vatanga_sodiq_yoshlar


Uyushmagan yoshlarni “Harbiy-vatanparvarlik vaksinasi” bilan emlash bo‘yicha tumanda “Vatanga sodiq yoshlar” yig‘ini o’tkazildi

Yangibozor tumanidagi 250 nafar otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida Qurolli Kuchlar Akademiyasi professor o’qituvchilari va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o’tkazildi. Tadbir yakunida yoshlar uchun dasturxon yozildi, konsert dasturi namoyish qilindi. Faol ishtirokchilar tuman hokimi tomonidan taqdirlandi.

Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati

@yangibozor_hokimligi
#DIQQAT

Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta'lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉
https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka
ega bo‘lishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha diplom.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, tumanimiz xotin-qizlari uchun Yangibozor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi.

Murojaat uchun tel:
62-41-94-109

🏢 Manzil: Yangibozor tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQACHILIK MADANIYATI, YOSHLARGA YER AJRATISH
02.05.2024

Yangibozor tumani

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio