Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
566 subscribers
4.66K photos
313 videos
11 files
1.1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
https://www.instagram.com/yangibozor.imi
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University

✳️ Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Murodbek Islomov va Javohir Saidibragimovlar tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazildi.

⚡️Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi.

💢Universitetga iqtidorli o'quvchilarni jalb qilish, muassasa faoliyati bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu uchrashuv davomida o'quvchilar ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

♻️ Uchrashuv qizg'in kechdi va bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Eng faollarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Bugungi tadbir viloyatning 9 ta hududidan jamlangan bitiruvchilar uchun o'tkazildi. Targ'ibot dasturi ertaga Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍5👏2