Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
570 subscribers
4.67K photos
313 videos
11 files
1.1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
https://www.instagram.com/yangibozor.imi
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#suhbat_jarayoni

🔴 Kuni kecha
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan pedagoglarning suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Tanlovning 3-bosqichi Xiva shahridagi Prezident maktabida olib borildi.
☀️☀️☀️
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
👍1👏1
#bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#tabriklaymiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabi òquvchilari viloyatdagi umumiy òrta ta'lim maktablari òquvchilari òrtasida bugun Yangiariq tumanida òtkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"da kimyo fanidan faxrli òrinni va pul mukofotlarini qòlga kiritdilar.

🥉8-sinf òquvchisi Shermetov Shahobiddin Ulug'bek ògli 3-òrin va 3 000 000

Ustozi: Turaboyeva Muqaddas

#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
👍7👏1
#bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#tabriklaymiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabi òquvchilari viloyatdagi umumiy òrta ta'lim maktablari òquvchilari òrtasida bugun Yangiariq tumanida òtkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"da matematika fanidan faxrli òrinni va pul mukofotlarini qòlga kiritdilar.

🥉6-sinf òquvchisi Muradboyev Bunyod Xursand ògli 3-òrin va 3 000 000

Ustozi: Nurmetov Odilbek

#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
👍9👏1
#jarayon
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi vakant o'rinlar va yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun test jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

📷Test jarayonidan fotolavhalar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram |Facebook| You tube
👍1
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Yangi ochiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

🏢 Yangi ochiladigan 13 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun
5-,6-sinflar:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– algebra fanidan 12 ta topshiriq (test shaklida);
– giyometriya fanidan 8 ta topshiriq (test shaklida);
– fizika fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun
7-sinflar:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– kimyo fanidan 20 ta topshiriq (test shaklida);
– biologiya fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Imtihon bosqichlari
quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar):
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

📌 Kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

🗣Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5🎅1
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Psixologik_faoliyat

▪️ 24-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning psixologlari uchun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Psixolog Yulduz Vapayeva tomonidan “Xotirani rivojlantiruvchi usullar” mavzusidagi trening mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ushbu seminarda:
"4 belgi",
"Shul’te jadvali",
"DOODLE uslubida rasm chizish",
“Gugurt cho‘plari”,
“Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish”,
“Assotsiatsiya” mashqlari o'tkazildi.

✔️ Qatnashchilar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
👍54👏1🕊1
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
❤‍🔥3🐳1🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️
Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz
ixtisoslashtirilgan maktablarimiz siz uchun!

🤩 Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
aniq hamda tabiiy fanlarni zamonaviy taʼlim metodlari asosida chuqur oʻrganib borish;
zamonaviy laboratoriya xonalarida amaliy tajribalar oʻtkazish;
darsdan so‘ng fakultativ to‘garak mashg‘ulotlari;
bepul taqdim etiladigan zamonaviy darsliklar;
turli tanlovlar, sport musobaqalari;
milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

📺Videolavhada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali


Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube