Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.52K subscribers
60.5K photos
4.94K videos
6 files
7K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Allabergenova tumanda tunggi oʻrganish olib boradi

💢 Birozdan so‘ng Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda sektor rahbarlari Yakkasaroy tumanida kommunal sohallaridagi korxona tashkilotlarning tunggi navbatchilik faoliyati, avariya brigadalarining tayyorgarlik holati bilan tanishadi.

🔼Bizni kuzatib boring. Tuman hokimining joylardagi oʻrganishlari haqida maʻlumotlar berib boramiz.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🏆3🔥2👏2❤‍🔥1👍1🤩1
Yakkasaroy tumanida elektr taʼminoti tizimini samarali nazorat qilish va tezkorlikni taʼminlash maqsadida Prezident Administratsiyasining masʼul xodimlari hamda tuman hokimi ishtirokida shtab faoliyati oʻrganildi.

Bu jarayonda, favqulodda holatlarda tizimning qanchalik tayyor ekanligi va tezkorlik bilan javob berish qobiliyati sinchkovlik bilan tahlil qilindi.

Shundan soʻng, Yakkasaroy tuman elektr taʼminoti boʻlimiga qarashli avariya brigadasining holati oʻrganildi. Avariya brigadasining texnik jihozlari, tezkorlikka javob berish qobiliyati va ularning xizmat koʻrsatish darajasi batafsil tekshirib chiqildi.

Xususan, Bobur mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Abdulla Qahhor koʻchasida joylashgan 48-sonli maktabda nosozlik yuzaga kelganligi haqida soat 00:03 da xabar berildi. Avariya brigadasi 8 daqiqada, yaʼni soat 00:09 da hodisa joyiga yetib keldi.

Brigada tomonidan zarur anjomlar nazoratdan oʻtkazilib, joriy holat boʻyicha aniq tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi. Ushbu jarayonda tuman hokimi ishtirok etib, ishni yanada samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
3❤‍🔥3🏆3👍1👏1🤩1🐳1
Yakkasaroy tumanida avariya brigadalarining tayyorgarligi oʻrganildi

Yangi tashabbus doirasida Yakkasaroy tumanida kommunal xizmatlarning uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida avariya brigadalarining tayyorgarligi har tomonlama oʻrganildi.


Uchrashuvda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi, tuman hokimi, prokuror oʻrinbosari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida avariya holatlariga tezkor va samarali javob berish uchun brigadalarning malakasi, texnik jihozlanishi va ish jarayonlari puxta tahlil qilindi. Shuningdek, ehtimoliy favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish va tezkor xizmat koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar qayta koʻrib chiqildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
👍2