Yakkasaroyda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
💠 Xabar berganimizdek, joriy yilning 5-6-dekabr kunlari Toshkent shahrining bir nechta obyekt va manzillarida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Toshkent shahri hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
💠 Bugun Yakkasaroy tumanidagi issiqlik elektr markazida navbatdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
💠 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, mas’ul rahbar xodimlari, Yakkasaroy tuman sektor rahbarlari, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi va issiqlik elektr markazi xodimlari ishtirok etdilar.
✅ Tadbirning asosiy maqsadi aholini va obyektlarni tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, qo‘mondonlik va boshqaruv tizimini takomillashtirish, favqulodda holatlarda resurslardan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
💠 Shuningdek, ishtirokchi tashkilotlarning o‘z vazifalarini professional darajada bajarish qobiliyati va jamoaviy ishlash malakasi sinovdan o‘tkazildi.
💢 Mashq yakunida barcha ishtirokchilarga baho berildi va kelgusidagi faoliyatni yanada yaxshilash uchun zarur tavsiyalar berildi. Ushbu tadbir nafaqat amaliy ko‘nikmalarni oshirish, balki turli tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga ham xizmat qildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2👏2❤1
Sektor rahbarlari “Askiya dehqon bozori”da bo‘ldi
💠 Bugun Yakkasaroy tuman sektor rahbarlari tumandagi “Askiya dehqon bozori”da bo‘lib, aholi uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹 Bozorni ko‘zdan kechirish davomida u mahsulotlarning sifati, ularning bozorga yetkazib berilish jarayoni va aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini diqqat bilan o‘rgandi.
💠 Hokim, shuningdek, sun’iy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish, bozordagi mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash va bu borada aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur topshiriqlar berdi.
💢 Yarmarka tumanning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda va aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidladi.
💠 Nilufar Allabergenova bozorlarda oziq-ovqat barqarorlikni ta’minlash, narx-navoning sun'iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4😍2❤🔥1😁1🤔1