Nilufar Allabergenova: Maktabning yangi binosi kelajak avlodga uzoq yillar xizmat qilishi kerak
💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 144-maktabga o‘rganishni davom ettirib, u yerda maktab hududida barpo etilayotgan 660 o‘rinli yangi o‘quv binosining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
💠 Ushbu maktabning tarixi uzoq yillarga borib taqaladi – u dastlab 1956-yilda qurilgan bo‘lib, 964 o‘rinli bo‘lsa-da, bugungi kunda maktabda 1853 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.
💠 Maktab o‘quvchilari uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan, 2024-2026-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida davlat byudjetidan 6,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
📎 Qurilish ishlari ayni paytda “Shavkat Mo‘min” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida Nilufar Allabergenova mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatda yakunlash, shuningdek, yangi binoni ochilish marosimiga puxta tayyorlash bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berdi.
✨ Bu yangi binoning qurilishi ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarga keng imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Nilufar Allabergenova navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi 💢 Bugungi kunda davlat tashkilotlari faoliyatini aholi murojaatlariga tezkor javob berish va ularning muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 💠 Shunday oʻzgarishlarning…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova fuqarolarning xonadonida bo‘ldi
💢 “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingan edi.
💠 Qaror ijrosi yuzasidan Yakkasaroy tumanida ham reja asosida rahbar xodimlarga eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktirildi.
💢 Biriktirilgan mas’ullar tomonidan ushbu ro‘yhatdagi oilalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borilish ularni banligini ta’milash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Muhandislar” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroning murojaatining ijrosi yuzasidan ularning xonadonida bo‘lib, o‘zini o‘zi band qilib oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirishi maqsadida 1-dona monoblok, 1-dona printer jamlanmasini topshirdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova Shota Rustaveli ko‘chasidagi 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan gastronomik turizm ko‘chaning qurilishi bilan tanishdi
💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi, hokim o‘rinbosarlari, qurilish tashkilot mas’ullari tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasi bilan ham tanishdilar.
✅ Xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar, gastronomik va turizm ko‘chasiga aylantirish, ushbu ko‘chadagi mavjud bino va inshootlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, jumladan, qurilish-ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish haqida tanishtirildi.
Ma’lumot uchun:
💠 Gastronomik turizm ko‘chasida velosepitlar uchun uzunligi 1,6 km maxsus yo‘lak. 40 dona zamonaviy o‘rindiqlar;
💠 Imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10 ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi;
💠 1,5 km maydonda yashil hudud barpo etiladi;
💠 Avtobuslar uchun mavjud 6 ta bekat to‘liq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda xojatxonalar tashkil etiladi;
💠 Hududdagi kesib o‘tuvchi yer osti yo‘laklarga imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 4 dona pandus qoyiladi va 2 ta chorraxadagi yer osti yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Ma’lumot uchun:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Allabergenova maktab qurilishi bilan tanishdi 📎 Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 48-sonli maktabga o‘rganish olib borib, maktab hududida qurilayotgan yangi o‘quv binosi loyihasi bilan yaqindan tanishdi. ✨ Ushbu loyiha ta’lim sifatini…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM