✨ Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 1-sektor hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini oʻrgandi. Hokimning oʻrganishi asosan, bu obyektlarning issiqlik tizimlari holatini tahlil qilish va mavsumga tayyorlik darajasini tekshirishga qaratildi.
💠 Hokim “Muhandislar” mahallasidagi 150-sonli Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
💢 Oʻrganish jarayonida tuman hokimi Nilufar Allabergenova masʼul xodimlarga muhim koʻrsatmalar berdi: kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, bolalarning issiq va qulay sharoitda taʻlim olishini taʼminlash lozimligini taʼkidladi. Bu borada mavjud muammolarni tezda bartaraf etish, issiqlik tizimlarini muntazam tekshirish va talabga muvofiq yangilash, har bir bola uchun shinam muhit yaratish zarurligi qayd etildi.
💠#2 💢Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman hududidagi ijtimoiy obyektlarda issiqlik tizimini o‘rganish, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlarning faoliyati bilan tanishdi.