Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.52K subscribers
60.5K photos
4.94K videos
6 files
7K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yoshlarning har bir murojaati nazoratga olinadi

💠 Bugun Yakkasaroy tumanidagi TMC Texnologiya, Menejment, Kommunikatsiya institutida Yakkasaroyda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💢 Unda Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosari A.Urmanov, Yakkasaroy tuman hokimi N.Allabergenova, tuman prokurori o‘rinbosari A.Mamatqulov, hokim o‘rinbosarlari, mahalladagi yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

🔵 Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif istaklari bilan tuman hokimi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq suhbat qurdilar.

➡️ Uchrashuv yakunida “Yoshlar daftariga” kiritilgan 15 nafar yoshlarning oliy taʼlim muassasasi taʼlimida taxsil olishi uchun to‘lov shartnoma pulinining 50 foizini to‘lab berilganligi haqidagi sertefikatlar, 2 nafar yoshga tikuvchilik bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashina, 1 nafar yoshga muddatli harbiy xizmatga borib kelish uchun to‘lov pulini to‘lab berilganligi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

💠 Bugun har bir yoshni tinglash, ularning muammolariga yechim topishda rahbar, mutasaddilarning amaliy yordami katta samara beradi. Qolaversa, bu yoshlarning jamiyat va davlat hayotida o‘z pozitsiyasi borligi, yurt taraqqiyotiga daxldorligini anglab yetishida poydevor vazifasini o‘tasa, ajab emas.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32😱1🎉1
Yakkasaroy tumani hokimi nima sovg‘a qilmoqchi?

🔵 Hurmatli Yakkasaroyliklar va tumanimiz mehmonlari diqqatiga!

💠 29-avgust kuni soat 19:00da Yakkasaroy tumanida joylashgan Toʻqimachilik oʻyingohida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” nomli vatanparvarlik shou-konsert bo‘lib o‘tadi.

💠 Toʻqimachilik oʻyingohida ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tadigan shou-konsertiga barchangizni kutib qolamiz.

➡️ Aytgancha Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan bir biridan qiziq va ajoyib tashabbuslar sizni kutmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🔥32🤩2🐳2🤔1😱1💯1🏆1
💠 Bugun Yakkasaroy tumanidagi "Qushbegi" mahallasida tuman hokimi oʻrinbosari A'lodjon Kuchkarov boshchiligida saf yigʻini boʻlib oʻtdi.

💠 Unda mahalla yettiligi, tumandagi kommunal soha, xodimlari va bir qator tashkilot masʻullar ishtirok etdilar.

🗣️ Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida mahalla yettiligi faol ishitrok etishlari, aholi oʻrtasida tozalik va obodonlashtirish  ishilariga ularni jalb qilish mahalla hududini toza saqlash boʻyicha  tushuntirishlar berib oʻtdi.

🟢 Saf yigʻilishida Yakkasaroy tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha qilinayotgan ishlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan masʻullarga aniq topshiriqlar berib oʻtildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
🏆21🥰1
Allabergenova fuqarolar murojaatini joyida hal etmoqda

🗣 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

💠 Ochiq muloqotda Yakkasaroy tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N.Shamsiyev, hokim oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar tuman boʻlimi boshligʻi D.Rasulmuhammedova, Yakkasaroy tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Sh.Bahramov, mahalladagi hokim yordamchilari, fuqarolar ishtirok etdilar.

🔵 Qabulda fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda imtiyozli kreditlar bilan bogʻliq murojjatlari tinglandi.

💠 Aksariyat murojjatlar qabulning oʻzidayoq ijobiy hal etib berildi. Xonadonida hunarmandlik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarning xohish-istaklari oʻrganib ularga amaliy yordam koʻrsatilishi boʻyicha maʻlumot berib oʻtildi.

💢 Qabul soʻnggida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi boʻlgan besh nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi va monoblok jamlanmasi topshirildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥1🏆1🤝1