Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.54K subscribers
51K photos
4.23K videos
6 files
6.08K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Senatorlar va hokim qabuli bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek, bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🫥 Unda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari senator Farhod Boqiyev, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, O‘zbekiston ichki ishlar vazirligidan polkovnik Anvarjon Muydinjanov, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

📔 Uchrashuv davomida senatorlar, Toshkent shahar mahalliy Kengashlari deputatlari va tuman hokimi bilan birgalikda hokimlik binosida fuqarolar qabuli o‘tkazdilar.

🟢 Xususan, qabulda Senatorlar va hokim qabulida bo‘lgan fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rastish, tadbirkorlik faoliyati, moddiy yordam berish va mahallani obod qilish masalalari yuzasidan murojaatlari eshitildi.

🔵 Qabul davomida:

Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xidirova Anorxonning farzandini Toshkent moliya institutining rektori Teshabayev To‘lqin ishga qabul qilishni taklif etdi;

“Armug’on” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mardonova Oysanamni “Temir daftar”ga kiritilib, sog‘ligini tiklash maqsadida moddiy yordam ajratish;

“Qushbegi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xudoyqulova Madinaxonga subsidiya masalasida yordam berish;

“Dilbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi Xo‘jaqulova Mavluda bandligini ta’minlash maqsadida mono-markazga o‘qitish masalalari joyida hal etildi.

💠 Qabul davomida tuman hokimi mas’ullarga murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berib, murojaatlar shaxsan hokim nazoratida bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumani hokimi “Dilbuloq” mahallasida bo‘ldi

🫥 Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, Idoralararo ishchi guruhi rahbari O‘zbekiston ichki ishlar vazirligidan polkovnik Anvarjon Muydinjanov, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari bilan “Dilbuloq” mahallasida bo‘lib, mahalla hududida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🫥 O‘rnanish davomida Anvar Sayfutdinov, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Salar kanalining holati bilan ham tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

***

Хоким Яккасарайского района побывал в махалле “Дильбулак”

🫥 Сегодня хоким Яккасарайского района Анвар Сайфутдинов, руководитель межведомственной рабочей группы полковник МВД Узбекистана Анваржон Муйдинжанов, заместители хокима, председатели махаллей посетили махаллю “Дильбулак” и ознакомились с проводимыми на территории махалли работами по благоустройству.

🫥 В ходе работы Анвар Сайфутдинов также ознакомился с состоянием канала Салар, протекающего по территории махалли, и дал конкретные указания ответственным лицам по устранению выявленных недостатков.

✍️️ Пресс-служба хокимията Яккасарайского района
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senator va deputatlar Yakkasaroy tumanida 720 o‘rinli yangi bolalar bog‘chasida bo‘lishdi

🔴 Kuni kecha ochilgan zamonaviy 358-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining vakillari, senator, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengash deputatlari tashrif buyurdilar.

🔵 Eslatib o‘tamiz. 358-sonli “Nihol” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1964 yilda qurilgan. “Dilbuloq” mahallasida joylashgan bo‘lib, ta’mirdan avval quvvati 480 o‘rinli 16 ta guruh faoliyat olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565 hamda 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qarorlari investitsiya dasturiga asosan tenderda g‘olib deb topilgan “151-QURILISH MONTAJ POYEZDI” MCHJ korxonasi tomonidan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib ta’mirlashga 16 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hozirgi kunda tashkilotning quvvati 720 o‘rinli, 24 ta guruhga mo‘ljallangan bo‘lib 240 bo‘sh o‘rin va 18 ish o‘rin yaratildi.

Oliy Majlisi senatining a’zolari hududdagi zamonaviy qurilgan “Qushbegi” mahalla guzari bilan ham yaqindan tanishdilar.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM