Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.55K subscribers
58.8K photos
4.83K videos
6 files
6.84K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Oʻrganishlar davom etmoqda

Yakkasaroy tumani hokimligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy holatni oʻrganish yuzasidan ishchi guruh faoliyati tuzilib, tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman prokurori N.Allabergenova, tuman IIO FMB boshligʻi I.Tillayev, tuman DSI boshligʻi A.Malikov, hokim oʻrinbosarlari, tashkilot va idora rahbarlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tumandagi “Dilbuloq”, “Toʻqimachi”, Bobur mahallalarida oʻrganishlar olib borildi.

Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha masʼullarga kerakli vazifalar berildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroyda obodlik yarashadi

🌳 Bugun Yakkasaroy tumanidagi barcha mahallalarida obodonlashtirish, tozalash ishlarini amalga oshirish uchun umummilliy hasharni ahillikda oʻtkazish maqsadida tonggi saflanish oʻtkazildi.

👉 Ushbu saflanishda Toshkent shahar DSI boshligʻi, tuman hokimi, sektor rahbarlari, masʼul xodimlar ishtirok etdi.

🌱 Umummilliy hasharda tumandagi korxona tashkilot xodimlari, tuman obodonlashtirish xodimlari, va 100 ga yaqin maxsus texnikalar ham jalb qilindi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimi Matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ашхобод шаҳрига жўнаб кетди. У ерда давлатимиз раҳбари Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедовнинг таклифига биноан Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг навбатдаги саммитида иштирок этади.
Тадбир кун тартибидан ташкилот доирасида устувор йўналишлар бўйича кўп қиррали ҳамкорликни янада кенгайтириш масалалари ўрин олган.
Туркманистон пойтахтида давлатимиз раҳбари қатор икки томонлама учрашувлар ҳам ўтказади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл в город Ашхабад, где по приглашению Президента Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова примет участие в работе очередного саммита Организации экономического сотрудничества.
В повестку дня мероприятия включены вопросы дальнейшего расширения многопланового взаимодействия в рамках организации по приоритетным направлениям.
В столице Туркменистана лидер Узбекистана проведет также ряд двусторонних встреч.

#Mirziyoyev #sammit #IHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam

Aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida Yakkasaroy tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.


👥 Unda tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, barcha korxona, tashkilot xodimlari, tuman aholisi ishtirok etdilar.

👉 Tadbir so‘ngida tuman hokimi A.Sayfutdinov tomonidan faol ishtirok etganlarga sovg‘a taqdim etildi.

🔶 Ta'kidlash joizki, piyoda yurish va harakatlanish salomatlik uchun nihoyatda foydali bo‘lib, bu kabi tadbirlar aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati