Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.73K subscribers
49.4K photos
4.12K videos
6 files
5.94K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
21 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni asosida joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha arizalar tuman komissiya aʼzolari tomonidan muntazam o‘rganib chiqilmoqda.

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqangan Nizom talablariga asosan, Yakkasaroy tumanida subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha navbatdagi Komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🖇 Unda tuman komissiya aʼzolari va subsidiya oluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.

📂 Unda jami 39 ta ariza ko‘rib chiqilib, 21 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi, 15 nafar fuqaroga hujjatlarida kamchiliklar borligi uchun qayta topshirishga yunaltirilgan bo‘lsa, 3 fuqaro esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqangan Nizom talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli rad etildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

***

21 гражданам выделены субсидии

🔹 Через внедрённые ипотечные кредит основанные на рыночные принципы согласно Указа Президента Республики Узбекистан "О дополнительных мерах по совершенствованию механизмов ипотечного кредитования" члены районных комиссий регулярно рассматривают заявки на выявление граждан, нуждающихся в улучшении жилищных условий в рамках нового порядка обеспечения населения жильём.

🔸 В соответствии с требованиями Положения, утвержденного Кабинетом Министров Республики Узбекистан, в Яккасарайском районе проведено очередное заседание Комиссии по отбору кандидатов на выплату субсидий.

🖇 В нем приняли члены комиссии и граждане, получающие субсидии.
📂 Всего рассмотрено 39 заявлений, 21 граждан получили субсидии, 15 гражданина направлены на повторную подачу из-за недостатков в документах, заявления 3 граждан были отклонены по причине несоответствия требованиям Положения, утверждённого постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан.

✍🏻 Пресс-служба хокимията Яккасарайского района
Yakkasaroy davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tuman yoshlar bilan uchrashdi

🔹 Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Abdumuxtor Malikov tumandagi 25-sonli ICHBUI maktabning faollar zalida yoshlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️ Unda tuman DSI boshlig‘i, tuman xalq ta‘limi mudiri, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari va yoshlar ishtirok etdilar. 2020-2021-yillar o‘quv yillarida maktabni bitirib, oliygohlarda o‘qishga kira olmagan o‘quvchilarni bandligini taʼminlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Qolaversa, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar, shuningdek, ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash, o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar olishlarida ko‘maklashish, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va o‘rgatish borasidagi muhim vazifalar xususida to‘xtalib o‘tildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Tuman hokimining qabuli bo‘lib o‘tdi

🔸 Bugundan Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Qabulda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot masʼullari ishtirok etdilar.

🔹 Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Shuningdek, uy-joy masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tibbiyot singari dolzarb masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

🖇 Qabul yakunida tuman hokimiga qilingan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralarga ijrosini nazoratga olinishi bo‘yicha topshiriq berildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “ШҲТ – КХШТ” форматидаги учрашувдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на встрече в формате “ШОС-ОДКБ"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Seminar–trening o'tkazildi

🔹 Yakkasaroy tuman hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida mahalla tizimi xodimlarining vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

⚡️ Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yakkasaroy tuman bo‘limi boshlig‘i, tumandagi barcha mahalla raislari ishtirok etdilar. Masʼullar tomonidan yig‘ilganlarga saylov jarayonida mahallani roli va vazifalari haqida savol-javoblar o‘tkazilib, mahalla raislariga kerakli maʼlumotlar berib o‘tildi.

📎 Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha barcha ishlar Saylov kodeksiga qatʼiy amal qilingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati