Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.48K subscribers
51.3K photos
4.26K videos
6 files
6.16K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yangi bilim maskani: Yakkasaroyda 144-maktabning yangi binosi ochilish arafasida

💠 Yakkasaroy tumanida zamonaviy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi. Yaqin kunlarda 144-sonli maktabning yangi qurilgan 660 o‘rinli binosi o‘z eshiklarini ochadi.

💠 Bugun tuman hokimi Nilufar Allabergenova yangi binoda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.

💠 Mazkur jarayonda ta’lim muassasasining zamonaviy standartlarga muvofiq jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va infrastruktura bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

👍 Mazkur yangi maktab binosi nafaqat ta’lim sifatini yanada oshirishga, balki yosh avlodga ilm olish uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Bu bunyodkorlik tashabbusi tumandagi ta’lim sohasini yanada yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

👏 Ta’lim rivojidagi bunday muhim yutuq nafaqat o‘quvchilar va o‘qituvchilar, balki butun jamoatchilik uchun quvonarli yangilikdir.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova xoreografiya maktabida bo‘ldi

👉 Bugun, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumanda joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quv jarayonlari va muammolari bilan tanishdi.

👏 Tanishuv davomida hokim maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari va murabbiylarning ish uslubini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yosh iste’dodlarning mashg‘ulotlarini kuzatib, ular bilan suhbatlashdi. Ushbu maktabda xoreografiya san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

👍 Nilufar Allabergenova maktab jamoasi bilan uchrashuv davomida ularning taklif va muammolarini eshitib, ta’lim sifatini yanada oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi.

⚡️ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, hokimiyat va maktab ma’muriyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va tumanda san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM