Yakkasaroyda gaz taʼminoti samaradorligi oʻrganildi
💢 Biroz oldin Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Xaydarov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, sektor rahbarlari Yakkasaroy tuman gaz korxonasining navbatchilik faoliyatini oʻrgandi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati, tizimning ishlash samaradorligi va mavjud muammolarni chuqur tahlil qilishdan iborat boʻldi.
💠 Oʻrganish davomida gaz taʼminoti boʻyicha aholidan kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilish, navbatchilik tizimini yanada samarali tashkil etish va xodimlar masʼuliyatini oshirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, xizmat koʻrsatish jarayonini yanada takomillashtirish va aholi ehtiyojlariga eʼtibor qaratish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Veolia Energy Tashkent” korxonasida boʻldilar
💠 Bugun xabar berganimizdek, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Xaydarov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova sektor rahbarlari bilan birgalikda “Veolia Energy Tashkent” MCHJning markaziy dispetcherlik va taʼmirlash boʻlimida boʻlishdi.
💠 Oʻrganish davomida korxona faoliyati, ish jarayonlari va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, joylardagi muammolar hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar oʻrganildi va tahlil qilindi.
💠 Toshkent shahridagi infratuzilmani rivojlantirish va uning mavjud muammolarini hal etish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi. Aholiga issiqlik taʼminoti sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolarning turli muammolariga oʻz vaqtida javob qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM