Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.07K videos
6 files
5.91K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Allabergenova maktab qurilishi bilan tanishdi

📎 Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 48-sonli maktabga o‘rganish olib borib, maktab hududida qurilayotgan yangi o‘quv binosi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu loyiha ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

📎 1976-yilda qurilgan ushbu maktab dastlab 820 o‘rin uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bugungi kunda 1169 nafar o‘quvchi bilim olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2024-2026-yillarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida yangi 660 o‘rinli bino qurilishi uchun davlat budjetidan 9 milliard 10 million so‘m ajratildi. Bu nafaqat maktab quvvatini oshiradi, balki o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi.

💢 Nilufar Allabergenova qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Bu yangi bino nafaqat tuman ta’lim sohasiga hissa qo‘shadi, balki kelajak avlod uchun zamonaviy sharoitlarda bilim olish imkoniyatini taqdim etadi.

💠 Shuningdek, tuman hokimi maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirib aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova “Askiya dehqon bozori”da bo‘ldi

💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Askiya dehqon bozori”da bo‘lib, aholi uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Bozorni ko‘zdan kechirish davomida u mahsulotlarning sifati, ularning bozorga yetkazib berilish jarayoni va aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini diqqat bilan o‘rgandi.

💠 Hokim, shuningdek, sun’iy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish, bozordagi mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash va bu borada aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur topshiriqlar berdi.

💢 Yarmarka tumanning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda va aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidladi.

💠 Nilufar Allabergenova bozorlarda oziq-ovqat barqarorlikni ta’minlash, narx-navoning sun'iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM