Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.55K subscribers
58.5K photos
4.81K videos
6 files
6.79K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Nilufar Allabergenova: Maqsadimiz aholiga qulay sharoit yaratishdir

💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan 10B turar joy binosini qayta qurishning istiqbolli taklif loyihasi bo‘yiicha uchrashuv o‘tkazdi.

💠 Unda “Salom uylar” qurilish tashkiloti rahbari, qurilish mas’ullari tuman hokimining o‘rinbsari ishtirok etdilar.

💠 Tuman hokimi yirik megapolislarning tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini, ya’ni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazilib, hududda yashovchi aholi bilan uchrashib ularga eng qulay bo‘lgan takliflarni berish, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

💠 Qurilish mas’ullari tuman hokimiga KXY ko‘chasidagi 10B manzilidagi mavjud ikki qavatli turar joy binosi va unga tutash hudud o‘rniga “Salom uylar” MCHJ tomonidan zamonaviy yer osti avtoturargoh, 1-2- qavatlarida noturar ob’ektlari bo‘lgan 12 qavatli turar joy majmuasining qurilishi bo‘yicha loyiha taklifi haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM