Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.47K subscribers
61.2K photos
4.97K videos
6 files
7.03K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroyda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” tadbiri bo‘lib o‘tdi

💠
Bugun Yakkasaroy tumanida yangi ochilgan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.


🔹 Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari mahalla yoshlari ishtirok etdilar.

🏊🏻 Tadbirda yetakchi sportchilari mehmonlar uchun o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Qizlar o‘rtasida suvda turli chiqishlar, o‘g‘il bollar o‘rtasida esa o‘n meterdan suvga shung‘ish kabi mashg‘ulotlar namoyish etildi.

⚡️ O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. E’tiborlisi, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan.

💠 50 metrli basseyn va 500 o‘rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar bor. Balandlikdan sakrash va kichik havzalarda bolalar suv sportini o‘rganadi.

📎 Majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashi mumkin. U bir vaqtning o‘zida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

💠 Ikkinchi qavatda ma’muriyat va murabbiylar xonasi, konferensiya zali, trenajyor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan.

💠 Ta’kidlash joiz, o‘tkazilayotgan ushbu “Ochiq eshiklar kuni” yurtimizda ommaviy sport va sog‘lom turmush targ‘ibotini yanada kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6🔥2🐳2🤔1🏆1
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилояти Бағдод туманидаги Юксалиш маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Юксалиш Багдадского района Ферганской области и ознакомился с условиями жизни населения.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍31🔥1😁1😍1