BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yakkasaroyga tashrif buyurdi
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasiga tashrif buyurdi.
✨Yuqori martabali mehmon O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma’lumot berilib, mahallada yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta’minlash, yoshlarni ta’limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shahobchalari faoliyati bilan tanishildi.
🗣️ “Dilbuloq” mahallasida 6 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uch yuzga yaqin savdo, sanoat va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda. Maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, pedagogika instituti filiali faoliyat yuritmoqda.
🗣 “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududga 360 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan, ular mahalla profilaktika inspektori xizmat xonasiga ulangan.
🫥 O‘tgan yili 112 kishi ishga joylashtirilib, 181 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 23 ta loyihaga kredit va o‘nga yaqin fuqaroga subsidiya ajratilgan. Xususan, bu yerda tikuvchilik sexi, go‘zallik saloni, poligrafiya va kompyuter xizmatlari, kutubxona, oziq-ovqat va qandolat do‘konlari tashkil etilgan.
🔼 Mutasaddilar iqtisodiy kompleks faoliyatini mahallalarda tashkil etish, shahar sharoitida odamlarni ish bilan ta’minlash vazifalari to‘g‘risida axborot berib o‘tdilar.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasiga tashrif buyurdi.
✨Yuqori martabali mehmon O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma’lumot berilib, mahallada yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta’minlash, yoshlarni ta’limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shahobchalari faoliyati bilan tanishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM