Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.48K subscribers
51.3K photos
4.26K videos
6 files
6.16K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
MIROBOD HAMDA YAKKASAROY TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTI VAQTINCHA TOʻXTATILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlari hudududlarini qisman elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/10 kVli “Qo`qon” podstansiyasidagi T-1dagi quvvati 40 000 kVA boʻlgan mavjud transformatorni yangi 63 000 kVA bo`lgan katta quvvatli tarnsformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 15-may kunidan 20-may kuniga qadar Toshkent shahrining Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga oʻchirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

MIROBOD tumanining: Gospitalniy, Afrosiyob, Oybek, Shevchenko, Fidokor, Shaxrisabz, Mironshox hamda kichik Mirobod ko`chalari;

YAKKASAROY tumanining: Zarbog`, Voxidova, Rakatboshi, Yusuf Hos Hojib, G. Karimova, Akilova, Mirakilova, Bog`idil, Mirakilova, Mirakilova 1-tor, Shmita, M. Yoqubova, Mirobod, Mirobod 1- va 2-tor hamda Usmon Nosir ko'chalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
#sektor_rahbarlari #yoshlar_bilan_uchrashdi
Uchrashuvda yoshlar murojaat hal etilmoqda

👉 Xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanida sektor rahbarlari ishtirokida sektor kesimida mahallalardagi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

👨‍👨‍👦 Bugun Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 3-sektor hududidagi “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq”, Yunus Rajabiy “Konstitutsiya” mahallalaridagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 Unda Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Nilufar Allabergenova, tuman IIO FMB boshlig‘i Ikrom Tillayev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdumuxtor Malikov, tuman xavfsizlik xizmati rahbari, hokim o‘rinbosari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, mahalla yoshlari va ularning onalari ham farzandlari nomidan o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

⚡️ Uchrashuvda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga, sektor rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.

👉 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tuman sektor rahbarlariga yoshlarning to‘lov shartnomalarini to‘lab berish, tadbirkorlik bilan shug‘unish uchun subsidiya olish, ijtimoiy yordam, tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

🟢 Muddat talab etiluvchi murojaatlarni o‘rganib, hal etish yuzasidan tuman hokimi soha mutasaddilariga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
🏛 18-may – Xalqaro muzeylar kuni

Muzeylar tarix ko‘zgusi, o‘tmishdan aks-sado va saboq beruvchi, insoniyatning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatuvchi beqiyos xazinaga boy madaniyat maskanidir.

Bunday dargohlarga muntazam borish, osori atiqalar, tarixiy manbalar bilan tanishish insonning tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini o‘stiradi.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan yurtimizdagi aksariyat muzeylarda qator madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Havolaga o‘tib ular bilan tanishishingiz mumkin.

Nafaqat shunday bayram kunlari, balki sababsiz ham muzeylarga borishni odatga aylantirish kerak! Zero, yurtimizda va shahrimizda nodir jamlanmalarga ega muzeylar ko‘p va ularga tashrif, albatta, foydali bo‘ladi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
🏛 18 мая – Международный день музеев

Музеи – учреждения культуры, отражающие историю, вобравшие в себя эхо и бесценные знания прошлого, демонстрирующие этапы развития человечества.

Регулярное посещение таких заведений, знакомство с артефактами и историческими источниками обогащает мышление человека и расширяет его мировоззрение.

В честь 18 мая - Международного дня музеев в большинстве музеев нашей страны проводится ряд культурных мероприятий. Ознакомиться с ними можно, перейдя по
ссылке.

Нужно взять за привычку ходить в музеи не только в праздники, но и просто так, без особого повода! Ведь музеев с редкими коллекциями в нашей стране и в нашем городе много, и посещение их, безусловно, будет полезным как для ума, так и для души.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site