✅ Bugun Yakkasaroy tumanidagi Texnologiya menejment kommunikatsiya institutida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Elbek Inamjanov, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Nilufar Allabergenova, tuman IIO FMB boshlig‘i Ikrom Tillayev, tuman DSI boshlig‘i Abdumuxtor Malikov, Idoralararo ishchi guruhi mas’uli O‘zbekiston ichki ishlar vazirligidan polkovnik Anvarjon Muydinjanov, hokim o‘rinbosari Ilyos Raximov, Yoshlar ishlari agentligi Yakkasaroy tuman bo‘limi rahbari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilar hamda ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.
⏺Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga, sektor rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.
♾ Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tuman sektor rahbarlariga yoshlarning to‘lov shartnomalarini to‘lab berish, tadbirkorlik bilan shug‘unish uchun subsidiya olish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
💠 Muddat talab etiluvchi murojaatlarni o‘rganib, hal etish yuzasidan tuman hokimi soha mutasaddilariga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
✅ Uchrashuv yakunida 7 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi. 2 nafar yoshga subsidiya tariqasida tikuv mashinasi va noutbuk berildi. 2 nafar yoshning harbiy xizmat to‘lovini, 4 nafar yoshlarning shartnoma pullarini to‘lab berish maqsadida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.