Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.78K subscribers
49.3K photos
4.11K videos
6 files
5.93K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Самарқанд туманида Халқаро туризм марказининг очилишига бағишланган байрам тадбирида иштирок этмоқда.

"Халқимизнинг ақл-заковати ва фидокорона меҳнати билан бунёд этилган ушбу мажмуа Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлидаги яна бир салмоқли, зафарли натижа бўлди, десак, айни ҳақиқатни айтган бўламиз.

Қадимий ва навқирон Самарқанд бағрида қад ростлаган мана шундай замонавий, улуғвор меъморий мажмуа барчамизга, бутун халқимизга муборак бўлсин, буюрсин!", деди давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида.

Йилига 2 миллион туристга хизмат қиладиган бу кўп тармоқли марказ таркибида “Боқий шаҳар” мажмуаси, Конгресс ҳолл, 8 та замонавий меҳмонхона, амфитеатр ва кўплаб бошқа объектлар мавжуд.

Марказ лойиҳасини ишлаб чиқишда тажрибали меъмор ва муҳандислардан иборат халқаро жамоа жалб этилган. Туркия, Буюк Британия, Италия каби давлатларнинг юксак малакали инженер ва техник мутахассислари қурилиш жараёнида фаол иштирок этган.

Facebook|Instagram|Twitter
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
#Sektor_rahbarlari_va_yoshlar_uchrashuvi *** #Встреча_руководителей_секторов_и_лидеров_молодёжи
Yoshlarning murojaati joyida hal etilmoqda

👉🏻 Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Unda tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman prokurori N.Allabergenova, tuman IIO FMB boshlig‘i R.Tillayev, tuman DSI boshlig‘i A.Malikov, hokim o‘rinbosari I.Raximov, Yoshlar ishlari agentligi Yakkasaroy tuman bo‘limi rahbari, mahallalardagi yoshlar yetakchilar hamda ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.

🗣 Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga, sektor rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.

👦 Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar tinglandi. Ko‘pchiligi shu yerning o‘zida hal etildi va baʼzilariga belgilangan muddat bilan masʼullar biriktirilib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

👉🏻 “Yoshlar daftariga” kiradigan yoshlarning murojaatlari eshitilib, masʼullarga “Yoshlar daftariga” kirtiib ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berib o‘tildi.

⚡️ Zero, mana shunday uchrashuvlar orqali yoshlar manfaatini taʼminlash bilan, ertangi yorug‘ kunimizga zamin yaratamiz.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati