Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.72K subscribers
49.4K photos
4.12K videos
6 files
5.94K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Tadbirkorlar bilan uchrashuv

🖇 Bugun Toshkent shahar hokimligi va Yakkasaroy tumani hokimligi eksport shtabi a‘zolari bilan hamkorlikda tumanda eksport faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarning takliflarini o‘rganish, ularning muammolarini tizimli bartaraf etish bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

⚡️ Xususan, Ishchi guruh tomonidan “Tiger Textile”MCHJ, “O‘zimizniki” MCHJ hamda “Baby Toys Garden” korxonalariga borilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi PF-6091-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 216-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.

👉🏻 Suhbat davomida korxona rahbarlari tomonidan bildirilgan taklif va muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga tizimli o‘rganib chiqib, bartaraf etilishi bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Tadbirkorlar bilan uchrashuv 🖇 Bugun Toshkent shahar hokimligi va Yakkasaroy tumani hokimligi eksport shtabi a‘zolari bilan hamkorlikda tumanda eksport faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarning takliflarini o‘rganish, ularning muammolarini tizimli bartaraf…
Встреча с предпринимателями

🖇 Сегодня во взаимодействии с хокимиятом города Ташкента и экспортным штабом хокимията Яккасаройского района было проведено мероприятие по изучению предложений предприятий, осуществляющих экспортную деятельность в районе, для системного решения их проблем.

⚡️ В частности, рабочая группа посетила ООО Tiger Textile, ООО O’zimizniki и предприятие Baby toys garden, руководителям которых разъяснено содержание УП-6091 от 21.10.2020 и Постановления № 216 от 14 апреля 2021 года.

👉🏻 В ходе встречи руководителям организаций, ответственным за предложения и проблемы, выдвинутые руководителями предприятий, даны поручения по оперативному изучению и устранению всех вопросов.

✍🏻 Пресс-служба хокимията Яккасарайского района
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yakkasaroy tuman Maktabgacha taʼlim bo‘limi tasarrufidagi 369-sonli Qo‘shma tipdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida. “Xavfsiz yo‘llar va Xavfsiz piyoda bolalar” shiori doirasida yo‘l harakatlarini o‘qitish “Bilmasvoy yo‘l harakati belgilari mamlakatida” seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

#OAV_biz_haqimizda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinovning fuqarolarga murojaati

***

Обращение хокима Яккасарайского района Анвара Сайфутдинов к гражданам
Hurmatli Yakkasaroy tuman aholisi diqqatiga

⚡️ Bugun Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti davlat universiteti oldida katta yo‘lda ichimlik suv quvurining yorilganligi sababli tuman “suvsoz” xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari davomida qatnov qismining yo‘laklarida avtomobillar harakati qisman cheklanishi sababli noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

***

Вниманию уважаемых жителей Яккасарайского района

⚡️ Сегодня на проезжей дороге по улице Бабура, у Университета узбекского языка и литературы имени А.Навои произошёл прорыв трубопровода питьевого водоснабжения.

🚧 На время устранения аварии сотрудниками ГУП «Сувсоз», транспортное движение будет временно ограничено.

🙏🏻 Приносим извинения за неудобства.

✍🏻 Пресс-служба хокимията Яккасарайского района
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Senator Yakkasaroyda bo‘ldi

⚡️ Bugun Yakkasaroy tumani hokimligida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani kengashi deputatlari va hokimlik faollarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori Sagdullayev Shamansur bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉🏻 Uchrashuvda senator tuman deputatlariga avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

👉🏻 Bundan tashqari, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uning ijro tizimi bo‘yicha ham yo‘nalishlar berildi. Shuningdek, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”ga oid davlat dasturining ijrosi, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish tizimi masalasida ham fikr almashinildi.

👉🏻 Shuningdek, Sh.Sagdullayev fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini, yangi ish o‘rinlari yaratish bugungi kun uchun nihoyatda dolzarb masala ekanligini taʼkidladi.

👉🏻 Mahallalarning «o‘sish nuqtalari» va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilishi muhimligi Senator tomonidan aytib o‘tildi.

👉🏻 Olib borilayotgan ishlarda mahalliy Kengash deputatlarining vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish yo‘lga qo‘yilayotganligi xaqida ham so‘z yuritildi.

👉🏻 Uchrashuv so‘ngida 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirish borasida Yakkasaroy tumanida amalga oshriladigan ishlar muhokama qilindi.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yakkasaroyda yana bir sayilgoh tashkil etish uchun ishlar boshlandi

☝🏻Xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanida joylashgan “Kosmonavtlar bog‘i" bugungi zamonaviy bog‘ hamda sayilgohlar talablariga javob bermayotganligi, unda aholi sayr qilishi, xordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar yetarli bo‘lmaganligi sababli ushbu hududda zamonaviy qulayliklarga ega sayilgoh tashkil etish rejalashtirilganligi bo‘yicha maʼlumot berib o‘tgan edik.

🖇 Bugundan Yakkasaroy tumanida joylashgan “Kosmonavtlar bog‘i"ni taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.

👉🏻 Taʼmirlash jarayonida sayilgohga yaqin yashovchi, bu yerdan qatnovchi aholiga va sayr qiluvchilarga noqulayliklar bo‘lishi mumkin va buning uchun uzr so‘raymiz.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati