Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.04K subscribers
49.1K photos
4.11K videos
6 files
5.92K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Bayram sovg‘asiz bo‘lmadi

⚡️ Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib, shu kunlari ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga alohida mehr-muruvvat, eʼtibor qaratiladi.

⚡️ Bugun AITB “Ipak Yo‘li” banki Yakkasaroy filiali tomonidan tumandagi 30 nafar urush qatnashchilari va front orti faxriylariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
⛲️Тошкентликлар “Дўстлик” боғининг келажагини белгиламоқда

Мана бир неча йилдирки ҳамшаҳарларимиз собиқ Бобур – ҳозирги “Дўстлик” боғининг тақдири ҳақида қайғурмоқдалар. Аввал боғ Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқалари қўмитаси балансида бўлиб, инвестор топилгунича ёпиқ ва ташландиқ ҳолда бўлган. Чиқиндиларни йиғиш ва дарахтларни суғориш билан бу ишга бефарқ бўлмаган кўнгиллилар ободонлаштириш бошқармаси шуғулланган. Сўнгра боғ инвесторга топширилаётгани ҳақида хабар тарқалди. Лекин ҳозир боғ шаҳар ҳокимлигига қайтарилди ва уни пойтахт ҳокимлиги тиклайди.

👉 Батафсил: https://bit.ly/2SmehMg

🌐 Web-site 🌏 Telegram
⛲️Ташкентцы определяют будущее парка «Дустлик»

Уже несколько лет горожан волнует судьба парка «Дустлик», бывшего парка Бабура. Парк был на балансе Комитета по межнациональным отношениям и дружественным связям с зарубежными странами при Кабинете Министров Республики Узбекистан, стоял закрытый и заброшенный в ожидании инвестора. Уборку мусора и полив деревьев проводили, совместно с управлением благоустройства, энтузиасты-волонтёры. Потом прошла информация о передаче парка инвестору. Но сейчас парк возвращён городу, и возрождать его будет городской хокимият.

👉Подробнее: https://bit.ly/33qqlyd

🌐 Web-site 🌏 Telegram
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Rasmiy munosabat

Toshkent shahar hokimining 17.03.2018 yilgi 454-sonli qaroriga asosan "UNIQUE TRADE BUSINESS" xususiy korxonasiga Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 77-uy manzilida, foydalanishdagi hududda pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishga ruxsat berilgan edi.

Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi 345 nafar aholi vakillari ushbu mahallada shaharsolik normalariga zid ravishda turar-joy binosi qurilayotganidan norozi ekanliklarini bildirishgan.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 25 va 29-moddalariga, Yer kodeksining 36-moddasiga “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga muvofiq hamda Toshkent shahar prokuraturasining 2021yil 17 apreldagi 10.2/277a-21-sonli protestiga asosan.

Joriy yilning 4-may kuni Toshkent shahar hokimining 534-sonli qarori bilan Toshkent shahar hokimining 2018 yil 17 martdagi “UNIQUE TRADE BUSINESS” xususiy korxonasiga qurilish ishlariga ruxsat berish haqida”gi 454-sonli qarori bekor qilindi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5 muhim tashabbus amalda

🔷 Yakkasaroy tumanida Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida har kuni soat 18.00dan, 20:00ga qadar "Moviy gumbazlar" hiyobonida “Yoshlar shijoati besh tashabbus bilan” festivali bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Festival doirasida madaniyat va sanʼat yo‘nalishida mahorat darslari, rasmlar tanlovi, kitoblar savdo yarmarkasi, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, ochiq osmon ostidagi seminar-treninglar, sport musobaqalari va yoshlarning qo‘l mehnati bilan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

🎷 Mazkur festivallar Yakkasaroy tuman hokimligi, tuman Prokraturasi, tuman IIO FMB, tuman Xalq taʼlimi bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi, tuman Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Barchangizni "Moviy gumbazlar" hiyobonida kutib qolamiz!

📸 Fotosuratlar 144-sonli umumta'lim maktabi tomonidan tashkil etilgan festivaldan.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati