Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.6K subscribers
58K photos
4.78K videos
6 files
6.72K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Obodlik ko'ngildan boshlanadi

⚡️ Ma'lumki, azaldan ota-bobolarimiz obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratib kelgan. Albatta, bu ezgu ishlarni amalga oshirishda xalqimizga xos bo'lgan hasharning o'rni katta.

☘️ Yakkasaroy tuman hokimligi hamda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi tomonidan joriy etilgan “Mahalla obodligi” loyihasi doirasida Yakkasaroy tumanidagi “Qushbegi”, “Dilbuloq”, “Abdulla Qahhor”, “Tepa” mahallalarining fuqarolari tomonidan mahalla, turar joylar atrofini obodonlashtirish, ozoda va pokizaligini saqlashda faol ishtirok etmoqdalar. Loyiha davomida mahalla hududlarida manzarali daraxtlar, turfa gullar ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🌱 Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad – mahallalar, ariq, yo'l atroflari, turar joylarning ozodaligiga erishish, ayniqsa, yosh avlod ongida atrof-muhitning tozaligini saqlash ko'nikmasini shakllantirish, mamlakatimizning har bir hududi ozodaligi yo'lida ko'ngilli ishtirokchilarni keng jalb etish, belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlanishining oldini olishga qaratilgan tushuntirish-targ'ibot ishlarini olib borishdan iboratdir.

✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Президент Чирчиқ шаҳри Шодлик маҳалласида қурилган 4 та 16 қаватли уйни кўздан кечирди. Уларда жами 288 хонадон бўлади. Тўрталаси ҳам шу йил фойдаланишга топширилади.
Давлатимиз раҳбари шаҳарнинг иссиқлик таъминот корхонасида ҳам бўлиб, қозонхоналардан бирини модернизация қилиш режалари билан танишди. Бунинг натижасида шаҳарда 24 километр иссиқлик қувури тортилиб, 175 та кўп қаватли уй, 19 та ижтимоий соҳа объектлари иссиқлик тизими билан сифатли таъминланади.

Президент осмотрел 4 шестнадцатиэтажных дома, возведенных в махалле Шодлик города Чирчика. Эти дома на 288 квартир будут сданы в эксплуатацию в текущем году.
Глава государства посетил также чирчикское предприятие теплоснабжения, ознакомился с планами по модернизации одной из котельных. В рамках модернизации в городе будет проложено 24 километра теплотрасс, налажено качественное теплоснабжение 175 многоэтажных домов и 19 социальных объектов.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter