Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.52K subscribers
60.5K photos
4.94K videos
6 files
7K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
#Yakkasaroy_tumani

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Bugun Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi hamda DXX xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda yoshlarga oid ishlar, xususan, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar, ishsiz va ijtimoiy jihatdan og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash holati, “DXX kubogi”, “Shijoat va g‘ayrat”, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” kabi loyihalar va ushbu yo‘nalishlarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar yuzasidan ham tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
🏆41🥰1😁1🐳1