Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.4K subscribers
52.7K photos
4.41K videos
6 files
6.28K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Nilufar Allabergenova hamkorlik memorandumini imzoladi

🔼 Mamlakatimizda sportning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan velosportni keng targ‘ib qilish, yoshlarni ushbu sport turi bilan shug‘ullanishga jalb etish va bu yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgan sportchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

👉 Velosiped sporti – nafaqat professional yo‘nalish, balki ekologik toza transport vositasi sifatida ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim omildir.

📎 Shu munosabat bilan bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Velosiped sporti federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Velosport federatsiyasi Toshkent shahar bosh kotibi Abduaziz Abdurazakov, Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi Lyudmila Markelova hamda federatsiya va tuman hokimligi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida sportning mazkur yo‘nalishini tuman miqyosida keng rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida velosportni ommalashtirish hamda sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Natijada, Yakkasaroy tuman hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Velosiped sporti federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

➡️ Mazkur memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan:

✔️ Velosportni rivojlantirish – tuman aholisini, ayniqsa, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish.

✔️ Sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishish – yosh sportchilarni tayyorlash, ularning xalqaro va mahalliy musobaqalarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash.

✔️ Aholi orasida velosportni ommalashtirish – turli velomarafonlar, ommaviy sport tadbirlari va targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

✔️ Iqtidorli sportchilarni aniqlash va rag‘batlantirish – yosh iste’dodlarni kashf etish va ularga munosib sharoit yaratish.

✔️ Sport infratuzilmasini takomillashtirish – tumanda zamonaviy veloyo‘lakchalar barpo etish, velosiped sporti bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

✔️ Velosport to‘garaklarini ochish – maktablarda va sport muassasalarida maxsus to‘garaklarni tashkil etish orqali bolalar va yoshlarni sportga keng jalb qilish.

✔️ Sport tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish – velosipedchilar uchun maxsus musobaqalar va ommaviy tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish.

➡️ Mazkur memorandum velosportni rivojlantirish va targ‘ib qilish borasida muhim qadam bo‘lib, Yakkasaroy tumani hokimligi bu yo‘nalishda keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova: Maqsadimiz aholiga qulaylik va yaxshi sharoit yaratib berishdir

🔼Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – xalq farovonligini ta’minlash, ularning turmush darajasini yaxshilash va mavjud muammolarni tezkor hal etishdan iborat.

✔️ Prezidentimiz tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning dolzarb masalalariga yechim topish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan.

💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman hokim o‘rinbosarlari, tumandagi mas’ul tashkilot korxona mas’ullari bilan tumandagi “Yakkasaroy” mahallasida o‘rganish olib bordi.

🎥 Lavhamiz shu haqda...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Париж шаҳрида Франция ишбилармон доираларининг етакчи вакиллари билан учрашув ўтказди.

В городе Париже Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с представителями ведущих деловых кругов Франции.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Франциянинг етакчи компания ва банклари вакиллари билан учрашди

Президент Шавкат Мирзиёев встретился с представителями ведущих компаний и банков Франции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔼 Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu sohaga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida hududlardagi maktablar yangilanib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda.

➡️ Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 100-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim maskanida amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdi.

🎥 Lavhamiz shu haqda...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM