Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.65K subscribers
56.7K photos
4.71K videos
6 files
6.58K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Navoiy barhayot siymo

🗣️ Bugun Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitet oldidagi hiyobonda madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🗣 Tadbir davomida soʻz olgan adabiyotshunos olimlar, yozuvchilar tomonidan Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi, oʻzlarining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallaganligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

👏 Tadbirda korxona tashkilot, muassasalar, mahalla faollari ishtirokida   hazrat Navoiyga taʼzim bajo keltirib shoir, buyuk mutafakkir haykali poyiga gullar qoʻydilar.

✍🏻Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot hizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Алишер Навоий ва Шарқ Ренессанси” IV халқаро симпозиуми иштирокчиларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева Участникам IV Международного симпозиума «Алишер Навои и Восточный Ренессанс»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев атом энергетикаси соҳасида амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по текущей работе в области атомной энергетики и приоритетным задачам на перспективу.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #atom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yakkasaroyda Respublika ishchi guruhi ish boshladi

📱Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Respublika ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔼 Unda Sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi Sanjar Tursunov, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

💢 Yig‘ilishda Yakkasaroy tumanida mahallalarda olib borilayotgan obobdonlashtirish ishlari, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan muammolarni hal qilish, “mahalla yettiligi”ning joylardagi foliyatini tizimli tashkil etish borasidagi chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi tuman shtabining a’zolariga kerakli topshiriqlar berib o‘tildi.

🟢 Ishchi guruhi a’zolari va tuman hokim o‘rinbosarlariga, mas’ul tashkilot rahbarlariga tumandagi barcha mahallalar kesimida ishlarni tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova tadbirkorlar bilan uchrashdi

📱Yakkasaroy tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun zamonaviy va ko‘rkam xizmat binolari barpo etiladi. Bu esa fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda jamoatchilik ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

📱 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, qurilish tashkilotlari rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Yangi quriladigan mahalla binolari zamonaviy arxitektura va innovatsion yechimlarga asoslanadi. Ular mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu markazlarda mahalla faollari, yoshlar va keksa avlod vakillari uchun alohida xonalar, yig‘ilish zallari, kutubxonalar, axborot texnologiyalari xonalari hamda turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratiladi.

🔼Yig‘ilish davomida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM