Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.49K subscribers
51.2K photos
4.25K videos
6 files
6.13K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Eʼtibor,  Eʼtirof,  Eʼzoz

👏 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman Milliy gvardiya boʻlimiga tashrif buyurdi.


👍🏻 U 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan boʻlim xodimlarini tabriklab, ularning fidoyi mehnati va yurt tinchligi yoʻlidagi xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.

Tashrif davomida hokim oʻz nutqida harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining yuksak masʼuliyati, sadoqati va jamiyat uchun ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. U yurt tinchligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlida tinimsiz mehnat qilayotgan Milliy gvardiya aʼzolarini bayram bilan qutlab, ularga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xiziati
Расмий ташриф билан Бирлашган Араб Амирликларида бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги" халқаро саммитининг очилиши ва барқарор ривожланиш соҳасида Шайх Зоид номидаги мукофотни топшириш маросимида иштирок этди.

Маросимда мукофотнинг "Глобал ўрта мактаблар" номинациясида ғалаба қозонган Тошкент шаҳридаги Президент мактаби тақдирланди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев, пребывающий с официальным визитом в Объединенных Арабских Эмиратах, принял участие в церемониях открытия международного саммита "Неделя устойчивого развития Абу-Даби" и вручения премии имени Шейха Заида в области устойчивого развития.

На церемонии состоялось награждение Президентской школы в городе Ташкенте, победившей в номинации "Глобальные средние школы".

#Mirziyoyev #sammit #AbuDabi #barqarorrivojlanish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nilufar Allabergenova “Pushkin” hiyobonida bo‘ldi

💠 Yakkasaroy tumanida aholi uchun yanada qulay, zamonaviy va go‘zal maskanlar yaratishga qaratilgan ishlar qizg‘in sur’atda davom etmoqda.


🗣️ Bugun tuman hokimi Nilufar Allabergenova “Pushkin” hiyobonida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🗣Hiyobon hududida zamonaviy suv tushar bog‘ barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha tuman aholisi uchun hordiq chiqarish va vaqtni maroqli o‘tkazishga mo‘ljallangan. Loyihani amalga oshirishda qurilish va obodonlashtirish ishlari yuqori standartlarga muvofiq ravishda olib borilmoqda.

💠 O‘rganish davomida Nilufar Allabergenova “Koç Construction” qurilish kompaniyasi mas’ullari bilan suhbatlashdi. U hiyobon hududidagi qurilish ishlarini sifatli bajarish, aholining ehtiyojlari va xohishlarini inobatga olgan holda zamonaviy, funksional va estetik talablarga mos hudud yaratish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, loyihaning har bir bosqichini mas’uliyat bilan bajarish muhimligi ta’kidlandi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati