Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.56K subscribers
59K photos
4.84K videos
6 files
6.86K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroydagi suv havzasi ham ta’mirlanmoqda

🗣 Bugun Yakkasaroy tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev, yoshlar va ijtimoiy sohalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Otabek Rixsiboyev va boshqa mas’ullar tumandagi ijtimoiy obyektlarda “Ochiq budjet” portali orqali olib borilayotgan taʻmirlash va qurilish ishlarning jarayoni bilan tanishish maqsadida joylarda oʻrganish olib bordi.

💠 Hokim o‘rinbosarlari tumandagi 1-son sprot maktabiga qarashli suv havzasida bo‘ldi. O‘rganish davomida 1 023 013 so‘m ajratilgan bo‘lib, “Shafoat qurilish” MChJ tomonidan suv havzasini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

💠 N.Shamsiyev quruvchiga olib borilayotgan ishlar belgillangan muddadan oʻtib ketmasligi, ishlarni tezkorlik va sifatli boʻlishiga alohida eʼtibor berilishi boʻyicha topshiriqlar berib oʻtdilar.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar murojaati yuzasidan qabul bo‘lib o‘tdi

🔼 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Behruz Mustafoyevning qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hududidagi sarmoyadorlar va tadbirkorlar o‘z muammo va takliflari bilan ishtirok etdilar.

📱 Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish hamda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi va kelgusi rejalar belgilab olindi.

Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatiga ko‘mak berish hamda tumandagi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM