Bayram kayfiyati davom etmoqda
⚡️ Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan ehtiyojmand oilalarga yordam koʻrsatish, ularning oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishlarini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda muayyan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatish bugun oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biriga aylangan.
👉 Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova koʻzi ojizlar jamiyati tuman boʻlimining 45 nafar aʼzolariga Yangi yil bayrami bilan tabriklab ularga esdalik sovgʻalarini topshirdi.
✨ Bu eʼtibor esa koʻngli kemtik yurtdoshlarimizni behad xursand qildi. Ular bu eʼtibor va saxovat uchun oʻzlarining samimiy minnatdorliklarini bildirdilar.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM