Sektor rahbarlari Prezident sovgʻalarini topshirdilar
💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan va vasiylikda olingan 15 nafar bolajonlar uchun unutilmas bayram tashkil etildi.
💠 Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman hokimi Nilufar Allabergenova va sektor rahbarlari Prezidentimiz nomidan bolajonlarga tantanali tarzda qimmatbaho sovgʻalarni topshirdilar.
💠 Mazkur tadbir nafaqat bolalarga, balki ularning tarbiyachilari va yaqinlariga ham katta quvonch ulashdi. Qorbobo va Qorqizning bayramga xos chiqishlari, bolalar uchun maxsus tashkil etilgan oʻyinlar va koʻngilochar dasturlar tadbirni yanada maroqli qildi.
💠 Bunday eʻtibor va gʻamxoʻrlik nafaqat bayram kunlari, balki yil davomida ham bolajonlarimizga mehr va eʻtibor berilishining yorqin namunasidir. Yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularga gʻamxoʻrlik qilish – kelajak poydevorini mustahkamlashning muhim omillaridan biri.
💢 Yangi yil bolajonlarga baxt, quvonch va ezgulik olib kelsin! Ularning begʻubor tabassumi va yorqin nigohlari barchamizni ruhlantirsin!
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Sektor rahbarlari Prezident sovgʻalarini topshirdilar 💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan va vasiylikda olingan 15 nafar bolajonlar uchun unutilmas bayram tashkil etildi. 💠 Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman hokimi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
—
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM