Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.04K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Tadbirkorlar murojaati hamisha e’tiborda

Bugun Yakkasaroy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi Kichik sanoat hududida o‘rganishlar olib bordilar.

💠 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, Yakkasaroy tumani sanoat korxonalari sohasida sezilarli o‘sish va rivojlanishni ko‘rsatmoqda. Tumanda jami 1387 ta sanoat korxonasi mavjud bo‘lib, ulardan 878 tasi faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 5,6 trln so‘mdan 7,1 trln so‘mga oshib, 2023-yilning oxiriga kelib 105,8 foizlik o‘sish surati kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich sanoat sektori rivojlanishining ijobiy natijalarini aks ettiradi.

💠 Bugungi kunda 586 ta sanoat korxonasi to‘liq quvvatda ishlayotgan bo‘lsa, 60 ta korxona esa o‘z imkoniyatlarining 70 foizidan kamroq ishlamoqda. Bu esa tarmoqdagi ayrim muammolarni va resurslarning to‘liq ishlatilmasligini ko‘rsatmoqda. Bunday vaziyatlar o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish zaruratini tug‘diradi.

💠 Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda, sanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bir qator muammolar va ehtiyojlar ko‘rildi. Tadbirda ishtirok etganlarning fikriga ko‘ra, asosiy masalalar sifatida kredit olish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, infratuzilma muammolari, xom ashyo sotish va eksport qilish, shuningdek, soliq tizimi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Bu masalalar, albatta, korxonalar faoliyatini kengaytirish va yanada samarali ishlash uchun hal etilishi lozim bo‘lgan masalalardir.

💢 Shu bilan birga, sanoat tarmog‘ida mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va infratuzilma sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu uchrashuvlar va muloqotlar, tadbirkorlar uchun o‘z fikrlarini bildirish, muammolarni yechish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM