Nilufar Allabergenova: Maqsadimiz fuqarolarga sifatli xizmat koʻrsatish
💠 Yakkasaroy tumanida aholi muammolarini chuqur oʻrganish va ularni samarali hal etish maqsadida qator amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
💢 Yaqinda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova va hokimning birinchi oʻrinbosari Nurbek Shamsiyev tomonidan “Veolia Energy Tashkent” MCHJ xorijiy korxonasining Yakkasaroy tuman boshqarmasining navbatchilik qismida oʻrganish ishlari olib borildi.
💠 Oʻrganish jarayonida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularda koʻtarilgan muammolar va takliflar oʻrganildi. Bu jarayonda aholining issiqlik taʼminoti bilan bogʻliq muammolari, tizimdagi texnik kamchiliklar hamda xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova kommunal soha obyektlarida boʻldi
💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokimning birinchi oʻrinbosari Nurbek Shamsiyev Yakkasaroy tuman elektr tarmoqlari korxonasining fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni oʻrgandi.
💠 Oʻrganish davomida fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning oʻz vaqtida va samarali ijrosini taʻminlash, aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining uzluksizligi va sifatini nazorat qilish boʻyicha amaliy tadbirlar koʻrib chiqildi.
💠 Shuningdek, mavjud muammolarni oʻrganish va ularni zudlik bilan bartaraf etish, fuqarolarning energiya taʻminotiga oid qonuniy talablarini qondirish uchun tegishli vazifalar belgilab berildi. Bu jarayonda nafaqat texnik masalalarga, balki aholi manfaatlarini himoya qilishga, murojaatlar ortida turgan ijtimoiy masalalarga ham alohida eʻtibor qaratildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM