Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.52K subscribers
60.3K photos
4.93K videos
6 files
6.99K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroyda "Ona mehri" aksiyasi: obodonlashtirish xodimlariga ehtirom ifodasi

💢 Yakkasaroy tumanida qish faslining sovuq va murakkab kunlarida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Taʻlim, tibbiyot va savdo maskanlari joylashgan hududlar hamda mahallalarga olib boruvchi yoʻllar qor va muzlamalardan tozalanib, aholi uchun qulaylik yaratilmoqda. Ushbu fidokorona mehnat tuman obodonlashtirish xodimlarining oʻz ishiga boʻlgan masʻuliyat va gʻayratini koʻrsatadi.

💠 Ana shu mehnatni qadrlash maqsadida Yakkasaroy tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi tashabbusi bilan “Ona mehri” aksiyasi tashkil etildi. Ushbu aksiya doirasida tuman koʻchalarida tinmay ishlayotgan obodonlashtirish xodimlariga issiq choy va mazali taomlar ulashildi. Bu nafaqat ularning jismoniy quvvati va kayfiyatini koʻtarish, balki mehnatga boʻlgan hurmatning ham yorqin ifodasi boʻldi.

💠 “Ona mehri” aksiyasi, oʻz nomiga monand ravishda, mehr va ehtiromni ulashdi. Bu kabi xayrli ishlar har birimizga jamoaviy birdamlik va eʻtiborning naqadar muhim ekanini koʻrsatadi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥2🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент "аёллар дафтарига" киритилган, лекин кўмак ва интилиш туфайли тадбиркорга айланган паркентлик Фотима Боева билан мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X