Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасида амалга оширилган ишлар ва 2025 йилдаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|X
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|X
Maqsadimiz yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish
💢 Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, tuman sport maktablari direktorlari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💠 Muloqotda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sport maktablarini malakali murabbiylar bilan ta’minlash hamda mahallalar bilan hamkorlikda ish olib borish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
💠 Uchrashuv davomida sport maktablaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga tajribali murabbiylarni jalb qilish va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularning iqtidorlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Ayniqsa, mahalla yoshlari bilan yangicha yondashuvda ishlash, ularni sportga qiziqtirish va faollikka undashga katta e’tibor qaratildi.
💠 Bunday tashabbuslar nafaqat yoshlarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga xizmat qiladi, balki ularning ijtimoiy faolligini oshirish, turli ijtimoiy muammolarning oldini olishga ham zamin yaratadi. Mahalla va sport maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik orqali yangi iqtidorlarni kashf qilish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsad qilingan.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova tumanda tunggi oʻrganish olib boradi
💢 Birozdan so‘ng Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda sektor rahbarlari Yakkasaroy tumanida kommunal sohallaridagi korxona tashkilotlarning tunggi navbatchilik faoliyati, avariya brigadalarining tayyorgarlik holati bilan tanishadi.
🔼 Bizni kuzatib boring. Tuman hokimining joylardagi oʻrganishlari haqida maʻlumotlar berib boramiz.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumanida elektr taʼminoti tizimini samarali nazorat qilish va tezkorlikni taʼminlash maqsadida Prezident Administratsiyasining masʼul xodimlari hamda tuman hokimi ishtirokida shtab faoliyati oʻrganildi.
Bu jarayonda, favqulodda holatlarda tizimning qanchalik tayyor ekanligi va tezkorlik bilan javob berish qobiliyati sinchkovlik bilan tahlil qilindi.
Shundan soʻng, Yakkasaroy tuman elektr taʼminoti boʻlimiga qarashli avariya brigadasining holati oʻrganildi. Avariya brigadasining texnik jihozlari, tezkorlikka javob berish qobiliyati va ularning xizmat koʻrsatish darajasi batafsil tekshirib chiqildi.
Xususan, Bobur mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Abdulla Qahhor koʻchasida joylashgan 48-sonli maktabda nosozlik yuzaga kelganligi haqida soat 00:03 da xabar berildi. Avariya brigadasi 8 daqiqada, yaʼni soat 00:09 da hodisa joyiga yetib keldi.
Brigada tomonidan zarur anjomlar nazoratdan oʻtkazilib, joriy holat boʻyicha aniq tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi. Ushbu jarayonda tuman hokimi ishtirok etib, ishni yanada samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berdi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati