Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.1K subscribers
48.9K photos
4.07K videos
6 files
5.9K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroy tumanidagi Qushbegi mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida keng koʻlamli obodonlashtirish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus hudud aholisi uchun yanada qulay, ozoda va shinam muhit yaratishga qaratilgan.

🗣️ Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova mahallaga tashrif buyurib, mahalla aholisi bilan uchrashdi.

🟢 Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar, muammolar va takliflar atroflicha oʻrganildi. Bu uchrashuv fuqarolarning ehtiyojlarini chuqurroq tushunish va ularga yechim topishga xizmat qildi.

🔼Dastur doirasida koʻp qavatli uylar atrofida yoʻllarni taʼmirlash, bolalar uchun zamonaviy maydonchalar tashkil etish, hududni yashillashtirish kabi ishlar olib borilayotgani nafaqat mahallaning tashqi qiyofasini oʻzgartirmoqda, balki aholi turmush sifatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova tuman hududida oʻrganish olib boradi

💢Birozdan so‘ng Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman hududidagi mahallada, ijtimoiy obyektlarda, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlarning faoliyati bilan tanishadi.

🔼Bizni kuzatib boring. Tuman hokimining joylardagi oʻrganishlari haqida maʻlumotlar berib boramiz.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar murojaatlari mas'ullar nigohida

💢 Bugungi kunda davlat tashkilotlari faoliyatini aholi murojaatlariga tezkor javob berish va ularning muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💠 Shunday oʻzgarishlarning yorqin namunasi sifatida Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova,  Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mas'ullari ishtirokida 58-sonli oilaviy poliklinikada navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

💠 Qabul jarayonida aholi oʻzi uchun dolzarb boʻlgan ishga joylashish, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, uy-joy masalalari, taʼmirlash, shuningdek, subsidiyalar olish kabi masalalar boʻyicha oʻz murojaatlarini bildirishdi. Tashkil etilgan qabul jarayoni aholi bilan davlat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatni mustahkamlash va ularni qiynayotgan masalalarga tezkorlik bilan yechim topishga xizmat qilmoqda.

💠 Murojaat qilgan fuqarolarning koʻpchiligida muammolar joyida hal etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Hal etilishi vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha aniq muddat belgilanib, tegishli tashkilotlar va mutasaddilarga masʼuliyat yuklatildi.

💠 Bunday qabullar aholi muammolarini eshitish va ularga yechim topishga boʻlgan bunday intilishlar, shubhasiz, mamlakatimizdagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, har bir fuqaroning himoyalanganini his qilishiga zamin yaratadi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM