Allabergenova tumandagi issiq non sexlarida bo‘ldi
💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi vakillari hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbarlari bilan birgalikda tuman hududida faoliyat yuritayotgan “Oltin mag‘iz” issiq non ishlab chiqarish sexida bo‘lishdi.
✅ O‘rganishdan asosiy maqsad qish mavsumida aholini uzluksiz sifatli va yangi non mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni o‘rganishdan iborat edi.
💠 Tumandagi issiq non ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Ularning ish jarayonlari, mehnat sharoitlari va mavjud qiyinchiliklari tinglandi. Hokim ushbu sexlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, gigiyenik talablarga muvofiqligi va aholi talablariga javob bera olishiga alohida e’tibor qaratdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroyda obodonlashtirish xodimlariga issiq e’tibor ko‘rsatildi
💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova va “Yakkasaroy yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari obodonlashtirish bo‘limi xodimlari uchun o‘ziga xos iliq uchrashuv tashkil etdilar.
💠 Tuman ko‘chalarini toza va obod holda saqlash yo‘lida tunu kun mehnat qilayotgan xodimlarga minnatdorchilik ifodasi sifatida issiq choy va yeguliklar ulashildi.
💠 Mazkur tashabbus nafaqat ularning mehnatini qadrlash, balki sovuq kunlarda ko‘ngil iliqligi ulashish maqsadida tashkil etildi.
🌟 Nilufar Allabergenova obodonlashtirish xodimlarining fidokorona mehnati va bu xizmatning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, u xodimlarning ish sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga zarur vositalar bilan ta’minlash va og‘ir ish yukini yengillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini qayd etdi.
✅ “Yakkasaroy yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari ham obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish istagini bildirar ekan, kelgusida xodimlarga qo‘llab-quvvatlov sifatida turli tadbirlar tashkil etishni rejalashtirishlarini ma’lum qildilar.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumani hokimi issiq non ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan tanishdi
💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Ziyoda-non” issiq non ishlab chiqarish sexiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida hokimga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi vakillari hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbarlari hamrohlik qildi.
💠 Tashrifning asosiy maqsadi qish mavsumida aholini sifatli va yangi non mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni ta’minlashda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.
💢 Hokim Nilufar Allabergenova sexdagi ishlab chiqarish jarayonlarini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Non mahsulotlarining sifati, ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga muvofiqligi va texnologik jarayonlarning samaradorligi alohida e’tiborda bo‘ldi. Tashrif davomida sex faoliyatida duch kelinayotgan qiyinchiliklar muhokama qilinib, tadbirkorlar va ishchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroyda_obodonlashtirish_xodimlariga_issiq_etibor_kõrsatildi
💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova va “Yakkasaroy yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari obodonlashtirish bo‘limi xodimlari uchun o‘ziga xos iliq uchrashuv tashkil etdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM