Yakkasaroy tajribasi doirasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
🌟 Bugun Yakkasaroy tumanida yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish va Konstitutsiyaning ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida muhim tadbir o‘tkazildi.
💢 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 32 yil to‘lganligiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Huquqshunos yoshlar – Yangi O‘zbekiston, yangi avlod, yangi taraqqiyot poydevori” mavzusida “Zakovat” intellektual bellashuvi shaklida tashkil etildi.
💠 Ushbu tadbir Yakkasaroy tumani hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan Yakkasaroy tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor o‘tkazildi.
💠 Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D.Raximova, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, sektor rahbarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi X.Sattarov hamda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.
💠 Bellashuvda Yakkasaroy tumanidagi 4 ta sektorlarga qarashli maktab o‘quvchilari o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Ushbu musobaqa nafaqat huquqiy bilimlarni sinovdan o‘tkazishga, balki yoshlarning tahlil qilish qobiliyati, jamoada ishlash mahorati va ma’naviy uyg‘onishlarini rag‘batlantirishga xizmat qildi.
💠 Tadbir yakunida g‘olib jamoalar alohida e’tirof etildi va ularga Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning intellektual va huquqiy savodxonligini oshirishga, ularni Yangi O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolari sifatida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova fuqaro xonadonida bo‘ldi
💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Armug‘on” mahallasining e’tiborga muhtoj aholisini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashriflar doirasida mahallada istiqomat qiluvchi 68 yoshli Manzura onaning xonadonida bo‘ldi. Manzura ona imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hayotga chuqur ishonch va sabr-matonat bilan qarab kelayotgan, o‘ziga xos iroda egasi hisoblanadi.
💢 Nilufar Allabergenova fuqaro bilan suhbat asnosida aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tuman rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi. U insonparvarlik va o‘zaro yordam har bir jamiyatning poydevori ekanini qayd etib, Manzura onaga kelgusida ham har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM