Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
7.06K subscribers
49.1K photos
4.1K videos
6 files
5.92K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Forwarded from Yakkasaroy Yoshlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱Kelajak uchun nihol eking!

Bugun 127-sonli umum ta’lim maktabida Yakkasaroy tuman hokimining o’rinbosari O.Rixsiboyev, Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i B.Mirzayev, mas’ul tashkilotlarning rahbar xodimlari va “Yakkasaroy Yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktabda manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi.

Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i B.Mirzayevga “Yakkasaroy Yoshlari” volontyorlar guruhini faoliyati va maqsadi haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

Telegram | Instagram | Facebook |TikTok
Bosh prokuror o‘rinbosari Yakkasaroyda bo‘ldi

👉 Bugun Yakkasaroy tumanidagi 2-sektor binosida Prezidentimizning “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

⚡️Mazkur tadbirga Bosh prokuror o‘rinbosari Isroil Adhamov rahbarlik qildi. Yig‘ilishda Toshkent shahar prokuraturasi mas’ullari, tuman prokurori, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, sektor rahbarlari, 2-sektor hududidagi mahallalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdilar.

💢 Yig‘ilish davomida kambag‘allikni qisqartirish va aholining turmush darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, farmon ijrosini ta’minlashda har bir mutasaddi tashkilotning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.

💠 Hududdagi ijtimoiy muammolarni samarali hal qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini kasbga o‘qitish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

💠 Yig‘ilish yakunida hududda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirish yo‘lida mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi. Mazkur sa’y-harakatlar aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇 Xabar berganimizdek, Bosh prokuror oʻrinbosari Isroil Adhamov hamda sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosari Yakkasaroy tumanidagi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazi faoliyati bilan tanishdilar.

💠 Bu markaz Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʻminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal taʻmirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.

🌀 Markaz jamoat xavfsizligi jarayonlarini qamrab olgan yagona axborot makonidir. Bu yerda joylardagi vaziyat va xodimlarning ish-harakati raqamli texnologiyalar orqali tahlil qilib boriladi. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorlarining faoliyati 6 ta yoʻnalish boʻyicha nazorat qilinadi va baholanadi.

💠 Bunda “Y-Jamoat xavfsizligi”, “Y-Ijtimoiy vaziyat” kabi dasturlar, yoʻl harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash xizmatlarining yagona axborot tizimlari hamda 6 mingdan ziyod “aqlli” kuzatuv kameralari integratsiyasi qoʻl kelmoqda. Shuningdek, markazda videoaloqa orqali profilaktika inspektorlari, yoʻl patrul, post patrul va probatsiya xodimlari uchun masofaviy oʻquvlar oʻtkaziladi. Ommaviy tadbirlarni modellashtirish orqali nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish va tezkor choralar koʻrish oʻrgatiladi.

💢 Shu yerda ichki ishlar tizimida qoʻllanilayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati