Yakkasaroyda yoshlar bilan ochiq muloqot
💢 Mamlakatimizda yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ushbu maqsad yo‘lida joylarda turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, yosh avlodning fikr-mulohazalari va tashabbuslari o‘rganilmoqda.
👏 Shu munosabat bilan, bugun Yakkasaroy tuman sektor rahbarlari “Next” savdo markazi hududidagi terasada mahalla yoshlari bilan ochiq osmon ostida muloqot o‘tkazdi.
💠 Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari O.Rixsiboyev, mas’ul tashkilotlarning rahbar xodimlari, mahalladagi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar ishtirok etdilar.
💠 Tadbir samimiy va iliq ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘z yutuqlari, kelajak rejalari va maqsadlari haqida so‘zlab, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish bo‘yicha murojaat qildilar.
Ular tomonidan quyidagi masalalar ko‘tarildi:
✅ o‘qish uchun shartnoma pullarini to‘lashda yordam ko‘rsatish;
✅ tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish;
✅ zarur texnik jihozlarni olish uchun yordam berish.
💠 Tuman hokimi ushbu murojaatlar va takliflarni sinchiklab o‘rganish, ularni hal qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish yuzasidan tegishli hokim o‘rinbosarlari va mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berdi. Barcha masalalar shaxsan sektor rahbarlarining nazoratiga olinishi ta’kidlandi.
👏 Bunday muloqotlar yoshlar bilan aloqani mustahkamlash, ularning muammolariga tezkor yechim topish va kelajakda yurtimizning har tomonlama rivojlanishi uchun zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Ular tomonidan quyidagi masalalar ko‘tarildi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM