Yangi imkoniyatlar va hal etiluvchi muammolar: Nilufar Allabergenovaning navbatdagi fuqarolar qabuli
💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
🔼 Ushbu qabulda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Malikov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Akmal Isaboyev, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari va fuqarolar ishtirok etdi.
💠 Qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid talab hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. E’tibor markazida quyidagi dolzarb masalalar turdi:
➡️ Yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash;
➡️ Uy-joy bilan ta’minlash va turar-joy sharoitlarini yaxshilash;
➡️ Kommunal xizmatlar sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;
➡️ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
➡️ Yangi ish o‘rinlarini yaratish;
➡️ Ta’lim va tibbiyot sohasidagi muammolarga yechim topish.
💠 Fuqarolarning murojaatlari har tomonlama o‘rganib chiqish va ularni hal qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlar va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Har bir masalaning ijrosi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar murojaati hamisha e’tiborda
💠 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabuli yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning turmush sharoitini yaxshilash va ularni iqtisodiy faollikka jalb etish maqsadida muhim qadam tashlandi.
➡️ Ushbu tadbir doirasida Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova “Ayollar daftari”ga kiritilgan 12 nafar xotin-qizlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatini yaratish maqsadida turli zamonaviy jihozlar topshirildi.
💠 Xususan:
➡️ Tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 7 nafar ayolga to‘g‘ri chok mashinasi, overlog va dazmol;
➡️ Uy-ro‘zg‘or faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 nafar ayolga gaz plitasi va muzlatgich;
➡️ Ta’lim va ijodiy ishlarda foydalanish uchun 3 nafar ayolga noutbuk va rangli printer;
➡️ Pazandachilik faoliyatini rivojlantirish uchun 1 nafar ayolga xamir qorish texnikasi berildi.
🔼 Bu tashabbus nafaqat ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, balki ularning oilaviy farovonligi va jamiyatdagi faolligini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Tuman hokimi ushbu amaliy yordam orqali ayollarning hayotida yangi sahifa ochilishiga ishonch bildirdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM