Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.54K subscribers
59.8K photos
4.9K videos
6 files
6.96K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Nilufar Allabergenova Yakkasaroyda renovatsiya dasturi asosida qurilish loyihasi bilan tanishdi

🔼 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📊Unda tuman hududida amalga oshirilayotgan renovatsiya dasturi doirasida rejalashtirilgan qurilish loyihalari bilan tanishdi.

➡️ Uchrashuv davomida renovatsiya dasturining tuman infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar qurilishi nafaqat zamonaviy arxitektura va muhandislik yechimlari bilan ajralib turishi, balki aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishni ta’minlashi lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

💢 Nilufar Allabergenova tumanning har bir fuqarosi uchun munosib yashash sharoitlari yaratish, shaharsozlikda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ekologik barqarorlikni ta’minlash ushbu loyihaning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Ushbu dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi aytildi.

💠 Uchrashuv yakunida mas’ul tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Renovatsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat shahar qiyofasini o‘zgartirish, balki tuman aholisi turmush sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг мажлиси бошланди.

Кун тартибидан янгиланган Конституциямизга мувофиқ, илк бор қуйи палатада Бош вазир лавозимига номзод ва Ҳукуматнинг келгуси 5 йилга мўлжалланган ҳаракатлар дастурини кўриб чиқиш масалалари ўрин олган.

Сўзининг аввалида давлатимиз раҳбари мамлакатимиз ўз олдига қўйган стратегик ва жорий вазифаларни амалга оширишда барча бўғиндаги ижро органлари, аввало, Ҳукумат ва унинг раҳбари зиммасидаги масъулият ҳозирги мураккаб замонда ҳар қачонгидан ҳам ортиб бораётганини таъкидлади.

Бугун мутлақо янги ваколат ва вазифаларга эга бўлган Ҳукумат шаклланаётгани қайд этилди.

Буни Конституция даражасида биринчи марта камбағалликни қисқартириш, озиқ-овқат хавфсизлиги, инвестиция, экология каби муҳим йўналишларда Вазирлар Маҳкамасининг мажбуриятлари белгилаб қўйилгани ҳам тасдиқлайди.

Халқимиз бугун ана шундай ҳал қилувчи масалалар бўйича янги Ҳукуматдан аниқ натижаларни кутмоқда.

Facebook|Instagram|X