Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova “Askiya dehqon bozori”da bo‘ldi
💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Askiya dehqon bozori”da bo‘lib, aholi uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹 Bozorni ko‘zdan kechirish davomida u mahsulotlarning sifati, ularning bozorga yetkazib berilish jarayoni va aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini diqqat bilan o‘rgandi.
💠 Hokim, shuningdek, sun’iy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish, bozordagi mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash va bu borada aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur topshiriqlar berdi.
💢 Yarmarka tumanning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda va aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidladi.
💠 Nilufar Allabergenova bozorlarda oziq-ovqat barqarorlikni ta’minlash, narx-navoning sun'iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM