Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.63K subscribers
56.8K photos
4.72K videos
6 files
6.59K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Yakkasaroyda “Onalar bog‘i” tashkil etildi

🌱 Bugun Yakasaroy tumanidagi 358-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilot hovlisida “Onajonlar bog‘i” tashkil etildi. Bu bog‘ hududning go‘zalligini oshirish, bolalarga tabiatga mehr va e’tiborni o‘rgatish, ayniqsa, onalarning mehri va mehnatini qadrlash maqsadida tashkil etildi.

🌱 Tadbirda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosari va Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi boshlig‘i D.Rasulmuxamedova, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari hamda ularning onalari faol ishtirok etdilar. Ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida bog‘ning ilk kuniyoq 40 ta mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

🌳 “Onajonlar bog‘i” nafaqat tabiatning bir parchasini yaratish, balki avlodlarga sof havo, go‘zal manzara va tabiatga mehr muhabbat tuyg‘usini ulashish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. Bunday bog‘lar kelajak avlod uchun tabiatni asrab-avaylash, u bilan uyg‘un yashashning ramzi bo‘lib xizmat qiladi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7214729.pdf
2.8 MB
Ипотека субсидияларини олиш учун аризаларни баҳолаш мезонлари ўзгарди. 

Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан аризаларни кўриб чиқиш энди subsidiya.idm.uz махсус платформасида амалга оширилади. Ягона портал (my.gov.uz) орқали мурожаат қилинганда аризалар автоматик равишда унга йўналтирилади, давлат хизматлари марказлари эса мурожаат қилингандан кейин бир соат ичида уларни тизимга киритиши керак.

Уларни баҳолашда ариза берувчи ва унинг турмуш ўртоғи (эри)нинг даромадлари билан бир қаторда энди кафиллик қилувчиларнинг яқин қариндошлари даромадлари ҳам ҳисобга олинади. Баҳолаш учун 12 ойгача бўлган давр учун ўртача даромаддан фойдаланилади.

Аризаларни баҳолашда фойдаланиладиган ижтимоий мезонларнинг янги тизими тасдиқланмоқда. 

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
🌇 Tuman hokimliklarining telegram kanallariga nega obuna bo‘lish kerak?

Hududingizda sodir bo‘layotgan voqea va yangiliklardan birinchi bo‘lib xabar topish uchun

📱 Hokimlik tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ijtimoiy dasturlar va yangi tashabbuslar haqida ma’lumot olish uchun

Qayta aloqa o‘rnatish uchun


Siz qaysi tumanda yashaysiz?

Tanlang va obuna bosing ⬇️


🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi

🕊 Bektemir tumani
🕊 Mirobod tumani
🕊 Mirzo Ulug‘bek tumani
🕊 Sergeli tumani
🕊 Olmazor tumani
🕊 Uchtepa tumani
🕊 Shayxontohur tumani
🕊 Yashnobod tumani
🕊 Chilonzor tumani
🕊 Yunusobod tumani
🕊 Yakkasaroy tumani
🕊 Yangihayot tumani

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM