Nilufar Allabergenova Bolalar ijtimoiy moslashuv markazida bo‘ldi
📎 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdumuxtor Malikov, hokim o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Rasulmuxamedovalar tumanda joylashgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markaz faoliyati bilan tanishdilar.
💠 Markaz rahbari Vasila Alimova bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarning holati, ularning ijtimoiy va psixologik rivojlanishi, ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan tanishtirib o‘tdi.
💠 Shuningdek, davlatimiz tomonidan bolalarning ijtimoiy moslashuvi, ta’lim sifati va ularning kelajakda jamiyatga moslashishini ta’minlash uchun ko‘rsatilayotgan yordam va qo‘llab-quvvatlash ishlari haqida ma’lumot berildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM