Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.71K subscribers
49.5K photos
4.13K videos
6 files
5.96K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 1-sektor hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini oʻrgandi. Hokimning oʻrganishi asosan, bu obyektlarning issiqlik tizimlari holatini tahlil qilish va mavsumga tayyorlik darajasini tekshirishga qaratildi.

💠 Hokim “Muhandislar” mahallasidagi 150-sonli Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

💢 Oʻrganish jarayonida tuman hokimi Nilufar Allabergenova masʼul xodimlarga muhim koʻrsatmalar berdi: kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, bolalarning issiq va qulay sharoitda taʻlim olishini taʼminlash lozimligini taʼkidladi. Bu borada mavjud muammolarni tezda bartaraf etish, issiqlik tizimlarini muntazam tekshirish va talabga muvofiq yangilash, har bir bola uchun shinam muhit yaratish zarurligi qayd etildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠#2
💢Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman hududidagi ijtimoiy obyektlarda issiqlik tizimini o‘rganish, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlarning faoliyati bilan tanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenovaning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

💠 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova ishtirokida 1-sektor binosida "Dilbuloq" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

💢 Qabul davomida mahalla aholisining turli masalalar boʻyicha murojaatlari atroflicha koʻrib chiqildi. Jumladan, kommunal xizmatlar bilan bogʻliq muammolar, tibbiy yordam olish, ayniqsa, jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishga koʻmaklashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kreditlar ajratish va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, uni hal etish yoʻllari muhokama qilindi.

💠 Tuman hokimi Nilufar Allabergenova qabul yakunida har bir masala yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar topshirdi va ularni oʻz vaqtida hal etish uchun belgilangan muddatlarni belgiladi.

💠 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini hal qilish jarayoni shaxsiy nazoratida boʻlishini taʼkidladi.

💠 Allabergenova “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga amal qilish muhimligini taʼkidlab, bunday ochiq muloqotlar aholi va hokimiyat oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

💠 Bugungi kunda har bir tashkilotning zimmasiga yurtni rivojlantirish, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash va ularning kelajakka boʻlgan ishonchini oshirish kabi vazifalar yuklatilgan boʻlib, bunday sayyor qabullar mana shu maqsadlarga erishishda muhim oʻrin tutadi.

📎 Bunday tadbirlar nafaqat muammolarni aniqlash va hal qilishga xizmat qiladi, balki yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalarini xalqqa yaqindan koʻrsatish imkonini ham yaratadi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM