Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.65K subscribers
50.8K photos
4.22K videos
6 files
6.05K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Nilufar Allabergenova topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi

💠 Bugun Yakasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Dilbuloq” mahallasida boʻlib, mahalladagi aholi murojaatlari asosida joylardagi sharoitlarni oʻrganish ishlarini olib bordi.

💢 Oʻrganish davomida Allabergenova 83-koʻp qavatli uy aholisining murojaatlariga asosan uy atrofidagi bolalar maydonchasi va umumiy hududning obodonlashtirish holatini koʻrib chiqdi.

💠 Aholi ushbu maydonchada bolalar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishi va oʻyin qurilmalari holatini yaxshilash borasida oʻz taklif va istaklarini bildirgan edi. Nilufar Allabergenova bu masalani joyida oʻrganib, bolalar maydonchasini modernizatsiya qilish, yaʼni yangi va xavfsiz oʻyin qurilmalarini yangisiga almashtirish ishlari bilan tanishdi.

📎 Shuningdek, tuman hokimi maydoncha atrofidagi yashil maydonlar va yoʻlaklar holatini ham koʻzdan kechirdi va bu hududni obodonlashtirish, toza va goʻzal koʻrinishda saqlash boʻyicha masʼullga koʻrsatmalar berdi.

💠 87-koʻp qavatli uy ahvolini oʻrganar ekan, Nilufar Allabergenova uy atrofidagi obodonlashtirish ishlari jarayoni, bolalar uchun moʻljallangan oʻyin maydoni va chiqindi yigʻish punktlarining holati bilan tanishdi. Aholining ekologik holatni yaxshilash va chiqindilarni tezkor olib ketish boʻyicha bildirgan murojaatlarini inobatga olib, u chiqindi yigʻish punqtlaridagi sanitariya holatini nazorat qilish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

🖇 Oʻrganish davomida Nilufar Allabergenova mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish, ekologik tozalikni taʼminlash va bolalar uchun xavfsiz muhit barpo etish - tuman hokimiyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini taʼkidladi. Aholi bilan doimiy muloqot orqali mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun muntazam ish olib borilishini maʼlum qildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nilufar Allabergenova tuman “MAXSUS TRANS” korxonasi rahbariga ogohlantirish berib oʻtdi

💢 Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 1-sektor hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish maqsadida oʻrganish olib bordi. Ushbu oʻrganish davomida u obyektlardagi issiqlik tizimlarining texnik holatini tahlil qilib, aholini mavsum davomida zarur sharoit bilan taʻminlash uchun koʻrilayotgan choralar bilan yaqindan tanishdi.

💠 Xususan, hokim “Boshliq” mahallasida joylashgan 116-sonli Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotiga tashrif buyurib, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning sifatini oʻrganib chiqdi. Oʻrganish jarayonida hokim taʻlim muassasasidagi ayrim kamchiliklarni aniqlab, bogʻcha mudirasiga oʻz eʻtirozlarini bildirdi.

💠 Nilufar Allabergenova ushbu kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, bogʻchada bolalar uchun qulay muhit yaratishga doir topshiriqlar berdi.

💠 Shuningdek, tuman hokimi tuman “MAXSUS TRANS” korxonasi rahbariga ogohlantirish berib, bolalar bogʻchasi, maktablardan chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oxirgi ogohlantirish berib oʻtdi.

🖇 Hokim tomonidan bildirilgan ushbu talablar, bolalarning sifatli taʻlim va tarbiya olishlari uchun zarur sharoit yaratishga, ularning salomatligini taʻminlashga qaratilgan. Tuman hokimining mazkur oʻrganishi Yakkasaroyda ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrayotganidan dalolat boʻlib, aholi farovonligi yoʻlida olib borilayotgan saʻy-harakatlarning amaliy ifodasidir.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allabergenova bolalar bogʻchasidagi issiqlik tizimini oʻrgandi

💠 Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning oʻrganishi 1-sektor hududidagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini atroflicha oʻrgandi. Hokimning tashrifi, asosan, mazkur obyektlarning issiqlik tizimlarini tahlil qilish, ularning mavsumga tayyorlik holatini tekshirish va qulay sharoitlarni taʻminlashga qaratildi.

💢 Hokim tumandagi “Armugʻon” mahallasidagi 369-sonli Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotiga ham oʻrganish olib borib, maktabgacha yoshdagi bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

💠 Tashkilotdagi issiqlik tizimlari va bolalar uchun qulayliklar boʻyicha joriy holatning koʻrib chiqilishi, yoshlarga yanada shinam muhit yaratishga xizmat qiladi.

💠 Hokim tomonidan taʻkidlanganidek, ushbu obyektlar faoliyatini yaxshilash orqali mahalliy aholi, xususan, yosh avlodga yanada sifatli xizmat koʻrsatishga erishish mumkin.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM