Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
6.42K subscribers
52.4K photos
4.38K videos
6 files
6.25K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚉Yo‘lovchilarga nafaqat qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydigan, balki reklama maydonlari orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha daromad keltiradigan zamonaviy bekat majmualarini tasavvur qiling.

🚏Biz tadbirkorlarni bunday bekatlarni o‘rnatish bo‘yicha ochiq auksionda ishtirok etishga taklif qilamiz.

📹Batafsil ma’lumotni videomizda ko‘rishingiz mumkin.



🚉 Представьте современные остановочные комплексы, которые не только обеспечивают комфорт и безопасность пассажирам, но и приносят дополнительный доход предпринимателям через рекламные площади.

🚏Мы приглашаем предпринимателей принять участие в открытом аукционе по установке таких остановок.

📹Подробная информация — в нашем видео.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 Yakkasaroy tumanida “Yakkasaroy yoshlarni sevadi!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

✔️ Tadbirda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, elimiz suygan san’atkorlar, mahalladagi yoshlar yetakchilari, talaba yoshlar, tumanimiz yoshlari ishtirok etdilar.

Yakkasaroy tumanida yoshlar uchun o‘tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbir, "Besh tashabbus" doirasida tashkil etilgan bo‘lib, o‘ziga xos bayramona ruhda o‘tdi. Tadbir davomidaa san'atkorlarning yorqin ijrolari, musiqiy chiqishlari  yoshlar e'tiboriga havola qilindi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati‌‌
Biz yakkasaroy yoshlari bir safdamiz

🏞Bugun "Yakkasaroy yoshlari volontyorlar" guruhi a’zolari tabiatni asrash va ona yurtimizni yanada obod qilish yo‘lida navbatdagi ezgu ishni amalga oshirishdi. Har qanday obod yurtda tozalik va tartib eng ulug‘ bezak sanaladi. Toza va sarishta joy nafaqat ko‘zga, balki qalbga ham zavq bag‘ishlaydi. Bu borada xalqimizning azaliy qadriyati bo‘lgan hashar katta ahamiyat kasb etadi.

"Yakkasaroy yoshlari volontyorlar" guruhi a’zolari tumandagi "Boshliq" va "Muhandislar" mahallalari orqali oqib o‘tuvchi "Salar" kanali bo‘yida hashar tashkil etishdi. Yoshlar kanal atrofini tartibga keltirib, daraxtlarni sug‘orishdi, ko‘chalarni obodonlashtirishdi.

🌿Bunday xayrli ishlar tabiatni poklash bilangina cheklanmay, inson qalbini ham musaffo qiladi. Hasharning asosiy maqsadi nafaqat hududni obod qilish, balki yoshlarni birlashtirish, jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashdir. Tabiatni asrash – kelajak avlodlarga sog‘lom va go‘zal atrof-muhit qoldirish yo‘lidagi ulug‘ vazifa.

🌟Bu yoshlarning sa’y-harakatlari esa faqat bugun uchun emas, ertangi kun uchun ham katta ahamiyatga ega.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati